«Sanoat xavfsizligi»
Davlat muassasasi 1996 yilda tashkil etilgan

Biz haqimizda

1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Sanoatkontexnazoratning 01.15.1996 yildagi 7-sonli buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Sanoatkontexnazorat Sertifikatlashtirish markazi tashkil etildi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2000 yildagi PS-2535-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.2002 yildagi 130-sonli Qarori asosida tashkilot «Sanoatkontexnazorat» agentligining Sertifikatlash Markazi deb qayta nomlandi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 iyuldagi 323-sonli qaroriga binoan tashkilot «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasining «Texnik jihatdan ko‘maklashish va xizmatlar markazi» deya qayta nomlandi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 29-maydagi 114-sonli qaroriga binoan tashkilot «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasining «Sanoat xavfsizligi» ga ko‘maklashish Markazi deb qayta nomlandi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli «Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, shuningdek «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi Boshlig‘ining 2010 yil 28-avgustdagi 249-sonli buyrug‘i va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi 2011 yil 14-apreldagi № 006460-04 Qarori bilan, «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasining «Sanoat xavfsizligi»ga ko‘maklashish Markazi, «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasining «Sanoat xavfsizligi»ga ko‘maklashish Markazi deb o‘zgartirildi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12-dekabrdagi «Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №PF-5594 son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2018 yil 12-dekabrdagi PQ-4058-sonli qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 1-fevraldagi «Respublika sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida» 75-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida shuni maʼlum qilamizki, 2019 yil 25-fevraldan boshlab «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasining «Sanoat xavfsizligi»ga ko‘maklashish Markazi, Davlat sanoat xavfsizligi qo‘mitasi qoshidagi «Sanoat xavfsizligi» Davlat unitar korxonasi deya qayta nomlandi.

1996 yildan buyon asosiy faoliyat turi, «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi nazorati ostida mahsulotlarni sertifikatlash hisoblanadi.

Markaz tuzilmasida sertifikatlash Organi mavjud bo‘lib, u Ekspertiza bo‘limi va Sinov laboratoriyasi, shuningdek, «Sanoat xavfsizligi» ekspertizasi Bo‘limidan tarkib topgan.

2009 yilda ekspert tashkilotining akkreditatsiya to‘g‘risidagi attestati ro‘yxatdan o‘tkazildi.

«Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish Organi, O‘zbekiston Respublikasining Milliy sertifikatlashtirish tizimida akkreditatsiyadan o‘tgan. Akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma 2008 yildan beri amal qilib keladi.

Guvohnoma

«Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi — o'z mijozlariga Davlat litsenziyalari asosida xizmatlarini taqdim etadi.

Akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma

Лицензии
Лицензия
Лицензия
Лицензия
Yangiliklar
Barcha yangiliklar