Savol va javoblar

Loyihalash va tadqiqot ishlari qanday bo‘ladi?

Amaldagi "Shartnomaviy narxlarda obyektlarni qurish uchun loyiha-qidiruv ishlari narxini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom" ga muvofiq, loyiha-qidiruv ishlari (LQI) tarkibiga loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va qurilishning borishini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni o‘z ichiga oladi, shu jumladan:

  • muhandislik - qidiruv ishlari;

  • tomonlar bilan kelishilgan bosqichlarga muvofiq, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;

  • loyiha hujjatlari ekspertizasi;

  • Qurilish ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish.

Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan ishlarning qiymati, yuqoridagi nizomning 5-ilovasiga muvofiq cheklangan ko‘rsatkichlar  bo‘yicha hisobga olinadi.

LQI qiymatini aniqlashda, tomonlar quyidagi usullarni qo‘llashi mumkin.

  • qurilishi yakunlangan o‘xshash obyektni LQI qiymati bo‘yicha qo‘llash;

  • resurslar xarajatlari bo‘yicha;

  • o‘xshash loyihalar bo‘yicha.

Batafsil tavsif:

Qurilish sohasidagi qaysi faoliyat turlari litsenziyalanishi talab etiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Qurilish sohasida faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida» 2003 yil 24 sentyabridagi 410-sonli qaroriga muvofiq, quyidagi faoliyat turlarini litsenziyalash belgilab o‘tilgan:

  • arxitektura- shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish;

  • qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish;

  • balandlikda qurilish-montaj ishlarini, sanoat alpinizm usulidan foydalangan holda ishlab chiqish;

  • ko‘priklar va tunnellarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash;

  • mudofaa inshootlarini loyihalash, qurish, foydalanish va taʼmirlash;

  • yuqori darajali xavfi bo‘lgan obyektlar va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish.

Shu bilan birga, yuqorida ko‘rsatilgan qarorga binoan, ishga tushirish ishlari litsenziyalanmaydi.