Huquq va majburiyatlar
Sertifikatlashtirish organi quyidagi huquqlarga ega:
Akkreditatsiya sohasiga muvofiq sertifikatlashtirishni o‘tkazish va ijobiy natijalar olinganda ariza beruvchilarga muvofiqlik sertifikatlarini berish;
mahsulot belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki ariza beruvchi tomonidan mahsulotni sertifikatlashtirish shartlari bajarilmagan hollarda muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish;
Uskunalarning xavfsizlikka ta’sir qiluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qiladi.
Sertifikatlashtiriladigan mahsulotni davriy baholashni o‘tkazish, bunday baholashni o‘tkazish sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno;
muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash yoxud o‘ziga berilgan muvofiqlik sertifikatlarini qonun hujjatlarida belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda bekor qilish;
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishning amaldagi qoidalari, texnik reglamentlar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshirish.
Sertifikatlashtirish organi amaldagi me’yoriy texnik hujjatlarga muvofiq Shartnoma bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini qisman bajarishni subpudrat asosida topshirish huquqiga ega. Bunda shartnoma bo‘yicha ishlarni bajarish sifati o‘zgarmaydi.
. Sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirishni o‘tkazishda quyidagilarga majbur:
Ishlarning talab etilgan sifatda bajarilishini ta’minlash.
Ham mahsulotga, ham mahsulot yetkazib beruvchiga taalluqli ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash, sertifikatlashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda xolislikka rioya qilish.
Sertifikatlashtirish qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining mahsulotni baholashni o‘tkazishga taalluqli boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablarini bajarish.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun arizachilarga sertifikatlashtirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish.
Sertifikatlashtirish natijalari salbiy bo‘lganda arizachilarni muvofiqlik sertifikatlarini berishni rad etish to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar haqida xabardor qilish.
Muvofiqlik sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, bekor qilish to‘g‘risida o‘zi qabul qilgan qarorlar haqida muvofiqlik sertifikatlarining egalarini xabardor qilishi;
Muvofiqlik sertifikatlarini O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimi reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishni Milliy sertifikatlashtirish tizimi reyestrini yuritish qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish qoidalari, texnik reglamentlar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.