Tashkilot faoliyati sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar

«Sanoat xavfsizligi» DM yana-da to‘g‘ri va sifatli faoliyatni amalga oshirish uchun, barcha meʼyoriy hujjatlarni, qonunlarni va qarorlarni maʼlumot va ijro uchun qabul qiladi. Shuningdek, sertifikatlashtirish natijalari va sifat sohasidagi tadbirlar muntazam ravishda tahlil qilinadi, xodimlarni doimiy ravishda takomillashib borishi va ularni o‘qitib borish uchun sharoitlar yaratiladi.

Malaka oshirish mashg‘ulotlarini o‘tgan xodimlar sertifikatlash, asbob-uskunalar va axborot texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish sohasidagi attestatlarga ega bo‘ladilar. Xodimlarga «O‘zstandart» agentligi va «Kontexnazorat o‘quv» ilmiy-texnik markazida o‘z vaqtida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, shuningdek har chorakda ichki mashg‘ulotlar ham o‘tkazib boriladi.

Mamlakatga olib kiriladigan sanoat mahsulotlarini sertifikatlashda savdo to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni rivojlantirish uchun, Sertifikatlashtirish organi tomonidan, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarafidan nazorat qilinadigan mahsulotlar (odam tashuvchi liftlar, ko‘tarish moslamalari, bosim ostida ishlovchi idishlar, bug‘li, suv isitish qozonlari va boshqalar) uchun texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni tayyorlash ustida ishlar olib borilmoqda.

«Sanoat xavfsizligi» DM tizimli ravishda mahsulotlarni sertifikatlash va sanoat xavfsizligini XICHOlarda taʼminlash bo‘yicha seminarlarni o‘tkazib keladi, shuningdek qonun hujjatlariga va yig‘ilish bayonnomalarida qayd etilgan meʼyoriy hujjatlarga muvofiq uchrashuvlar va seminarlarni o‘tkazadi.

«SANOAT XAVFSIZLIGI» DM va uning tarkibidagi mahsulotni sertifikatlash Organi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda, XICHOda sanoat xavfsizligini taʼminlashga, atrof-muhit, inson hayoti va salomatligini himoya qilishga, XICHOda uskunalarni qo‘llashda davlat manfaatlariga qaratilgan, xavfsizlik talablariga javob beradigan, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan ishlarni olib boradi.