liftlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentiga qo'shimcha talablar kiritildi
«Sanoat xavfsizligi» davlat muassasasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 oktabrdagi 801-Qarori bilan tasdiqlangan liftlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentining 16-bandiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 noyabrdagi 602-son1i Qarori bilan quyidagi qo'shimcha talablar kiritilganligini ma'lum qiladi.
Liftlar quyidagi uskunalar bilan jihozlanishi zarur:
- lift uskunalari kabinasining uzluksiz video monitoringi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda uni masofadan boshqarish;
- avariya holatlarida lift kabinasini binoning yaqin qavatiga avtomatik ravishda tushirish va eshiklami ochishi (ARD), shu jumladan eleklr energiyasi o'chirilganda ham;
- dispetcher xizmati bilan bog‘1anish.
Bundan tashqari, har bir lift kabinasida liftlardan foydalanish qoidalari, shoshilinch va dispetcherlik xizmatlari raqamlari va liftlarning nosozligida qanday harakatlanish ko'rsatmalari bo‘lishi kerak.
Ushbu qo'shimcha talablar 2024 yil 1 martdan kuchga kiritilishini va barcha lift uskunalari ushbu talablarga muvofiqligi baholanishini ma'lum qilamiz.