“Tashkent International Half Marathon – 2026” xalqaro yugurish musobaqasida “Sanoat xavfsizligi” Davlat muassasasi jamoasi faol ishtirok etdi


 6-sentabr kuni poytaxtimizda “Tashkent International Half Marathon – 2026” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar 5 va 21 kilometr masofalarga yugurish bo‘yicha bellashdilar.

Mazkur nufuzli sport tadbirida “Sanoat xavfsizligi” Davlat muassasasining jamoasi ham faol ishtirok etib, 5 kilometr masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tdilar.

Bu ishtirok — nafaqat sportga bo‘lgan qiziqish, balki sog‘lom turmush tarzi, jamoaviy ruh va faol hayot tarzini targ‘ib etishning yorqin namunasidir.