XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARIDA XAVFSIZLIK — ISHONCHLI EKSPERTIZA BILAN BOSHLANADI!

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining «Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar va texnogen hodisalarning oldini olish, ularning oqibatlarini minimallashtirish hamda sanoat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ekspertiza va texnik baholash xizmatlarini amalga oshiradi.
Asosiy xizmatlarimiz
- Sanoat xavfsizligi loyihaviy hujjatlarining ekspertizasi
- Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish
- Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarining ekspertizasi
- Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalanilayotgan texnik qurilmalarni texnik ekspertizadan o'tkazish
-Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish
Texnik ekspertiza va baholash ishlari
Mutaxassislarimiz quyidagi texnik vositalarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholaydi:
-Saqlovchi klapanlar
-Nafas oluvchi klapanlar
-Bosim ostida ishlovchi idish va sig‘imlar
-Bosim ostida ishlovchi shlanglar
Amalga oshiriladigan sinov turlari
- Gidravlik bosim sinovlari
- Pnevmatik bosim sinovlari
- Putur yetkazmasdan nazorat (NDT)
- Yerga ulash (yerlatish) tizimlari sinovlari
Maqsadimiz
- Ishlab chiqarishdagi avariyalar va favqulodda holatlarning oldini olish
- Texnik qurilmalarning ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiyasini ta'minlash
- Korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishiga ko‘maklashish
Hududiy aloqa raqamlari
- Toshkent shahri: +998 71 209-00-67
- Farg‘ona viloyati: +998 97 441-14-48
- Samarqand viloyati: +998 99 776-85-95
- Xorazm viloyati: +998 33 083-10-00