Kafolatlar to‘g‘risidagi bitimning xalqaro majburiyatlari

AEXAning 70-Bosh konferensiyasi doirasida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi rahbariyati AEXA Bosh direktorining o‘rinbosari, Kafolatlar departamenti boshlig‘i Massimo Aparo bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Kafolatlar to‘g‘risidagi bitim va unga Qo‘shimcha protokol doirasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarish, AEXA bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, yadro materiallarini hisobga olish va nazorat qilish, hisobotlarni yuritish tizimini takomillashtirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.