Shamol elektr stansiyalarida sanoat xavfsizligi
Shamol elektr stansiyalarini qurish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarida texnik qurilmalar va xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi muhim ahamiyatga ega.
Jumladan:
- ko‘tarish qurilmalari — turbina, generator va boshqa yirik konstruksiyalarni montaj qilishda foydalaniladigan kranlarning xavfsizligi;
- bosim ostida ishlovchi uskunalar mavjud bo‘lsa, ularning xavfsiz ekspluatatsiyasi;
- belgilangan mezonlarga javob beradigan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablari;
- qurilish va montaj jarayonlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi.
Asosiy maqsad — avariyalarning oldini olish, xavfli texnik qurilmalardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash hamda inson hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish.