Aziz o‘qituvchi va murabbiylar, hurmatli ustozlar!

Sizlarni kasb bayramingiz — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, bardavom muvaffaqiyatlar va ezgu faoliyatingizda yangi marralar tilaymiz.

Yurtimizda sanoat xavfsizligi sohasining izchil rivojlanishi, zamonaviy bilim va malakaga ega, o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashadigan mutaxassislarni tayyorlashda ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.

Sizlarning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz, boy tajribangiz va mehringiz tufayli ko‘plab shogirdlar hayotda va kasbiy faoliyatida o‘z o‘rnini topib, yuksak natijalarga erishmoqda. Ularning har bir yutug‘i, avvalo, ustozlarning zahmatli mehnati va bergan saboqlarining samarasidir.

Yosh avlodga bilim va tarbiya berish, ularda kasbga sadoqat, mas’uliyat va insoniy fazilatlarni shakllantirish yo‘lidagi mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Aziz ustozlar! Sizlarga doimo sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, qalbingizga xotirjamlik va shogirdlaringiz kamolidan bahramand bo‘lib yurish baxtini tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli ustoz va murabbiylar!