«Sanoat xavfsizligi» davlat muassasi filiallari o‘z ishini boshladi

«Sanoat xavfsizligi» davlat muassasi, O‘zbekiston Respublikasi hududida lift uskunalari, ko‘prik kranlari, minora kranlari, bosim ostida ishlovchi sig‘imlarlar, shuningdek, barcha turdagi qozonlarni sertifikatlashtirish ishlarini uzluksiz ravishda taʼminlash maqsadida bir qator hududlarda filiallar ochilganini maʼlum qilamiz.

Hududiy filiallarning ochilishi yuridik va jismoniy shaxslardan keladigan murojaatlar, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar muddatini hamda narxini qisqartirishga imkon berib, sertifikatlashtirish sohasida davlat xizmatlarining qulayligini oshirishga qaratilgan.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun quyidagi manzillarga murojaat etishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

Manzil: Nukus sh., Beruniy ko‘chasi, 20-uy

Telefon: +998994599117

Masʼul vakil: Saparov Dauletnazar Uaisbayevich

Samarqand viloyati:

Manzil: Samarqand sh., Bohodir Yalangto‘sh MFY, Qorasuv mahallasi, 168-uy, 1-kvartira

Telefon: +998915223577

Masʼul vakil: Mansurov Firdavs Norbek o‘g‘li

Farg‘ona viloyati:

Manzil: Farg‘ona sh., Mustaqillik MFY, Yorug‘lik ko‘chasi, 19-uy

Telefon: +998902300030

Masʼul vakil: O‘rinboyev Bohodir Ikramovich

Qo‘qon shahri bo‘linmasi:

Tel.: +998911387545

Masʼul vakil: Mamatqulov Sherali Ergashovich

Qo‘shimcha tarzda maʼlum qilamizki, barcha mutaxassislar sertifikatlashtirish sohasida yetarlicha tajriba va malakaga ega, hamda yuzaga kelayotgan masalalarni hal qilishda amaliy yordam berishga tayyordirlar.

Shuningdek, biz gaz balonlari uchun sinov laboratoriyasi bo'limini yaratdik. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

Qo'qon shahri, ko'ch. Shohruxobod 31D
Tel.: 911387545
Mamatqulov Sherali Ergashevich