Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi bo‘yicha reglament tasdiqlandi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 887-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Gaz holatidagi yoqilg’ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to’g’risida»gi texnik reglamenti 2025-yil 26-iyundan kuchga kirganligini ma'lum qilamiz.
Shu munosabat bilan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 880-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Gaz holatidagi yoqilg’ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to’g’risida»gi umumiy texnik reglament 2025-yil 29-iyun kuni o’z kuchini yo’qotdi.
O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan barcha gaz holatidagi yoqilg’ida ishlovchi apparatlarni ushbu texnik reglament talablariga muvofiqlashtirishingiz so'raladi.
Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim bo‘lgan gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning
RO‘YXATI
T/r |
Mahsulot nomi |
TIF TN kodi |
I. Ovqat tayyorlash, isitish va issiq suv ta’minoti uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalari |
||
1. |
Gazda ishlovchi maishiy havo isitish apparatlari (pechkalar) (isitish va suv pallasi bilan birlashtirilgan qurilmalar, konvektorlar, kaminlar, havo isitgichlari, gazli havo isitgichlar bilan jihozlangan konditsionerlar) |
7322 dan |
2. |
Ovqatni tayyorlash va isitish uchun mo‘ljallangan gazda ishlaydigan maishiy jihozlar (plitalar, pishirish panellari, pechli shkaflar, grillar, kamida bitta gazda ishlaydigan yondirgichsi mavjud bo‘lgan elektr plitalar) |
7321 11 |
3. |
Gazda ishlaydigan oqimli suv isitish apparatlari |
8419 11 000 0 |
4. |
Gazda ishlaydigan sig‘imli suv isitish apparatlari |
8419 19 000 0 |
5. |
Ko‘chma va turistik bo‘lgan taganlar va plitalar |
7321 11 900 0 dan |
6. |
Infraqizil nurlanishli maishiy gaz yondirgichlari, maishiy apparatlar uchun gaz yondirgichli qurilma |
7321 90 dan 7322 90 000 0 dan 8416 20 dan |
7. |
Gazda ishlaydigan isitish qozonlari (100 kVt gacha) |
8403 10 dan |
8. |
Bosimi 0,07 MRa gacha bo‘lgan bug‘ qozonlari |
8402 dan |
9. |
Umumiy ovqatlanish korxonalari va obyektlari uchun issiqlik gaz uskunalari (statsionar pishirish qozonlari, oshxona plitalari, pishirish va qovurish apparatlari, ag‘dariladigan tovalar, mangallar, frityurnitsalar, suyuqliklarni qaynatish va isitish uchun uskunalar, birinchi va ikkinchi taomlar uchun marmitlar) |
8419 81 800 0 dan |
10. |
Maxsus mo‘ljallangan sanoat yondirgichlari (“yorug‘” infraqizil nurlanishli isitgichlar) |
8416 20 dan |
11. |
Chorvachilik binolari uchun issiqlik yoki gaz generatorlari |
7322 dan |
12. |
Parranda xonalar uchun gaz bruderlar |
8436 21 000 0 dan 7322 dan |
II. Blokli avtomatik yondirgichlar |
||
13. |
Gazda ishlaydigan blokli sanoat yondirgichlari |
8416 20 100 0 |
14. |
Kombinatsiyalashgan blokli sanoat yondirgichlari |
8416 20 200 0 |
III. Boshqarish va sozlash qurilmalari |
||
15. |
Tashqi energiya manbaisiz ishlaydigan gaz bosim sozlagichi |
8481 10 dan 8481 80 591 0 dan |
16. |
Gaz ballonlari uchun sozlagichlar (reduktorlar) |
8481 10 dan 8481 80 591 0 dan |
17. |
Gaz yondirgichlari va apparatlari uchun avtomatlashtirish moslamalari va vositalari (avtomatik yoqish uchun bloklar va panellar) |
8537 10 dan* 9032 dan* |
18. |
Gazni me’yorlash va saqlab berkitish armaturalari (avtomatik o‘chirish klapani, bosim me’yorlagich, alangani nazorat qilish termoelektrik moslamasi) |
8481 dan* 9032 dan* |
19. |
Gaz yondirgichlar va apparatlar uchun egiluvchan ulanmalar |
8307 10 000 9 dan 8307 90 000 0 dan |