"SANOAT XAVSIZLIGI" DM o'z xizmatlarini taqdim etadi

Korxonangizda xavfsiz va ishonchli ishlab chiqarishni ta’minlash uchun Sanoat xavfsizligi sohasidagi kompleks xizmatlarni taqdim etamiz. Mutaxassislarimiz tomonidan barcha ishlar amaldagi me’yoriy talablar asosida sifatli va tezkor bajariladi.

Asosiy xizmatlarimiz:

  • Sanoat xavfsizligi loyihaviy hujjatlarining ekspertizasi
    Loyihalarning amaldagi sanoat xavfsizligi talablariga mosligini tekshirish va xulosa berish.
  • Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish
    Korxonalar uchun zarur bo‘lgan deklaratsiyalarni to‘liq tayyorlash va rasmiylashtirish.
  • Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarining ekspertizasi
    Taqdim etilgan hujjatlarning me’yoriy talablarga mosligini professional baholash.
  • Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan texnik vositalarni ekspertizadan o‘tkazish
    Texnik uskunalarning xavfsizligi va foydalanishga yaroqliligini aniqlash.
  • Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini aniqlash va ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish
    Korxonangizdagi xavfli ob’ektlarni aniqlash va hujjatlashtirish xizmatlari.

Sanoat Xavfsizligi Davlat Muassasasi tomonidan bajariladigan baholash ishlari:

  • Saqlovchi klapanlarni sinovdan o‘tkazish
    Bosim tizimlarining xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun tekshiruvlar.
  • Nafas oluvchi klapanlarni tekshirish
    Rezervuar va sig‘imlarning xavfsiz ishlashini nazorat qilish.
  • Bosim ostida ishlovchi sig‘imlarni sinovdan o‘tkazish
    Bosim ostidagi idishlarning mustahkamligi va ishonchliligini aniqlash.
  • Bosim ostidagi shlanglarni tekshirish
    Shlanglarning mustahkamligi va xavfsizlik talablariga mosligini aniqlash.

Sinov turlari:

  • Gidravlik bosim (suv) bilan sinov
    Uskunalarning mustahkamligini suv bosimi yordamida tekshirish.
  • Pnevmatik bosim (havo) bilan sinov
    Bosim ostidagi tizimlarni havo orqali sinash.
  • Putur yetkazmasdan nazorat qilish (NDT)
    Uskunalarning ichki holatini buzmasdan aniqlash.
  • Yerlatilganlik sinovlari
    Elektr xavfsizligini ta’minlash uchun yerlatish tizimini tekshirish.

Aloqa uchun:

Toshkent shahri: +998 71 209-00-67
Farg‘ona viloyati: +998 97 441-14-48
Samarqand viloyati: +998 99 776-85-95
Xorazm viloyati: +998 33 083-10-00