Xizmat muddatini o'tagan bosimli uskunalarni olib kirish taqiqlanadi
2026-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston hududiga xizmat muddatini oʻtab boʻlgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarni olib kirish taqiqlanadi. Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-avgustdagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan "Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi Texnik reglament" asosida joriy etiladi.
Yangi reglament ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish, markalash, identifikatsiya qilish hamda muvofiqligini baholash bo‘yicha yagona xavfsizlik talablarini belgilaydi. Ushbu o‘zgarishlar fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, sanoat xavfsizligini ta’minlash hamda eskirgan uskunalardan foydalanish xavfini kamaytirishga qaratilgan.
Korxonalar va importyorlarga 2026-yil 1-yanvarga qadar import qilinayotgan uskunalarning xizmat muddati va texnik reglament talablariga muvofiqligini oldindan tekshirish tavsiya etiladi.
Batafsil: www.lex.uz