XALQARO SERTIFIKAT — SANOAT VA LIFT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA MUHIM QADAM

"Sanoat xavfsizligi" davlat muassasasi xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda muassasa faoliyatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

2026-yil 14–23-iyul kunlari Turkiyaning tajribali mutaxassislari Ümit AVCI va Mehmet Kazım ŞAVKLIYILDIZ rahbarligida "EN 81-20 Liftlarni inspeksiya qilish va audit o'tkazish" (EN 81-20 Elevator Inspection and Audit Training) mavzusida intensiv o‘quv-amaliy seminar oʻtkazildi.

Mazkur xalqaro o‘quv kursi Turkiyaning nufuzli GCNTR (Global Certification Network) xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan tashkil etildi. O‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga xalqaro namunadagi sertifikatlar topshirildi.

Mazkur tayyorgarlik va sertifikatlash quyidagilarni ta'minlaydi:

O‘z DSt ISO/IEC 17020 (inspeksiya organlari va inspektorlar kompetentligi) hamda O‘z DSt ISO/IEC 17025 (sinov va kalibrlash laboratoriyalari) xalqaro standartlari bo‘yicha akkreditatsiya talablariga muvofiqlikni mustahkamlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 431-son qarori talablariga muvofiq liftlar va boshqa texnik qurilmalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish, inspeksiya va xolis audit ishlarini sifatli, ishonchli hamda belgilangan standartlar asosida amalga oshirishga xizmat qiladi.

"Sanoat xavfsizligi" davlat muassasasi texnik ekspertiza va inspeksiya faoliyatida xalqaro standartlar, xolislik, aniqlik hamda xavfsizlik tamoyillariga sodiq qolgan holda o‘z faoliyatini izchil rivojlantirib bormoqda.