Liftlar xavfsizligini baholash bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar amalga oshirildi

"Sanoat xavfsizligi" Davlat muassasasi hamda "O‘zbekiston akkreditatsiya markazi" DM hamkorligida Toshkent shahridagi inspeksiya organida O‘zDSt ISO/IEC 17020:2019 standarti talablari asosida guvohlik baholash ishlari amalga oshirildi.

Baholash jarayonida liftlarning texnik holati va xavfsizligi, texnik ko‘riklarni o‘tkazish sifati, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda inspeksiya faoliyatining standart talablariga muvofiqligi joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur hamkorlik inspeksiya organining texnik kompetentligini mustahkamlash, liftlar xavfsizligini baholash sifatini oshirish hamda xalqaro standartlar talablariga muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-iyundagi 316-son qarori bilan tasdiqlangan yangi nizomga muvofiq, liftlar va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash xalqaro talablar asosida amalga oshiriladi. Mazkur tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.