LIFT XAVFSIZLIGI — E’TIBORSIZLIKNI KECHIRMAYDI
Ijtimoiy tarmoqlarda lift kabinasiga ko‘p sonli yo‘lovchilar kirishi ortidan uning keskin pastga harakatlangan holati aks etgan video tarqalmoqda.
Mazkur hodisa O‘zbekiston hududida sodir bo‘lmagan, biroq undagi holat liftlardan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish zarurligini yana bir bor eslatadi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining "Sanoat xavfsizligi" davlat muassasasi ogohlantiradi!
Liftlardan foydalanishda:
⭕ kabinada ko‘rsatilgan maksimal yo‘lovchi sig‘imi va yuk ko‘tarish me’yoriga rioya qiling;
⭕ liftga belgilangan me’yordan ortiq odam yoki yuk kiritmang;
⭕ liftning nosozligi yoki g‘ayritabiiy harakati kuzatilsa, undan foydalanmang va mas’ul xizmatga xabar bering.
Shuningdek, lift uskunalarini ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, montaj tashkilotlari va distribyutorlar liftlar hamda ularning xavfsizlik qurilmalarining amaldagi texnik reglament va xavfsizlik talablariga muvofiqligini ta’minlashi lozim.
Lift xavfsizligi — umumiy mas’uliyat. Xavfsizlik talablariga rioya qiling va o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang!