GAZ TASHISHDA EHTIYOTSIZLIK — OG‘IR OQIBATLARGA OLIB KELISHI MUMKIN
Xorijda sodir bo‘lgan ushbu hodisada suyultirilgan gaz tashiyotgan maxsus avtotransport vositasining yo‘l-transport hodisasiga uchrashi, oqibatda gaz sizib chiqishi va keyinchalik portlash sodir bo‘lgani aks etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga haydovchining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori bilan yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida avariya hamda noxush hodisalarning oldini olish, inson hayotiga xavf soluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan minimal xavfsizlik talablari belgilangan.
Unutmang: suyultirilgan gaz tashuvchi maxsus avtotransport vositalarining texnik sozligi, xavfsizlik qurilmalarining holati va ularni ekspluatatsiya qilishda belgilangan talablarga rioya etilishi — haydovchi, mas’ul xodim va tashkilot rahbari zimmasidagi muhim mas’uliyatdir.
Birgina ehtiyotsizlik — inson hayoti, atrofdagilar xavfsizligi va katta moddiy zarar bilan yakunlanishi mumkin.
Xavfsizlik qoidasi — talab emas, hayot kafolati!