Ma’naviy-ma’rifiy tashrif

Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan va xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga “Sanoat xavfsizligi” Davlat muassasasi xodimlari tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida xodimlar ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, buyuk allomalarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda mazkur maskanlarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif xodimlarning tarixiy xotirasi, milliy qadriyatlarga hurmati va ma’naviy dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.