TARIXIY XOTIRA — MILLIY O‘ZLIGIMIZ ASOSI

Abdurauf Fitrat (1886–1938) — jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, olim, adib, dramaturg, publitsist va ma’rifatparvar.

Fitrat o‘z faoliyati davomida milliy uyg‘onish, ilm-ma’rifat, taraqqiyot va ozodlik g‘oyalarini ilgari surib, xalqni bilim va ma’rifat sari chorlagan.

Uning “Abulfayzxon”, “Munozara”, “Hind sayyohi” kabi asarlari o‘zbek adabiyoti va milliy tafakkuri rivojida muhim o‘rin tutadi.

1937-yilda hibsga olingan Fitrat 1938-yil 4-oktabrda siyosiy qatag‘on qurboniga aylangan.

Fitratning boy ilmiy va ijodiy merosi — milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviy qadriyatlarimizning bebaho qismidir.

Tarixni unutmaylik — ajdodlar merosini asraylik!