Unutilmas_siymolar

Cho‘lpon (1897–1938) — o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, shoir, yozuvchi, dramaturg va jamoat arbobi.

Uning ijodida milliy uyg‘onish, ma’rifat, erkinlik va Vatanga muhabbat g‘oyalari muhim o‘rin egallaydi. Cho‘lponning boy adabiy merosi bugungi avlod uchun ham bebaho ma’naviy xazinadir.

1930-yillarda siyosiy qatag‘on qurboniga aylangan adibning hayoti va ijodi tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini qadrlash naqadar muhim ekanini eslatib turadi.

Tarixni unutmaylik — milliy o‘zligimizni asraylik!