Farg‘ona viloyatidagi madaniyat va istirohat bog‘larida texnik xavfsizlik talablariga rioya etilishi nazoratda

Aholi vakillari va mehmonlarning bayram kunlarida maroqli va bexatar dam olishlarini ta'minlash Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biridir. Shundan kelib chiqqan holda, Farg‘ona viloyati bo‘ylab attraksionlarning texnik holati va ulardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha profilaktik reyd hamda tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

Tadbirlar o‘tkazilgan hududlar:
Farg‘ona shahri: Al-Farg‘oniy nomidagi istirohat bog‘i;
Qo‘qon shahri: Markaziy istirohat bog‘i;
Marg‘ilon shahri: Madaniyat va istirohat bog‘i;
Tumanlar: Dang‘ara, Rishton, Bag‘dod, Farg‘ona, Oltiariq, Yozyovon hamda O‘zbekiston tumanlaridagi istirohat bog‘lari.

Muntazam ravishda tashkil etilayotgan ushbu tadbirlarda mas'ul xodimlar hamda tadbirkorlarga attraksion moslamalarining texnik sozligini uzluksiz nazorat qilib borish, noxush holatlarning oldini olish hamda bayram kunlarida fuqarolar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilib, ijro etilishi shart bo‘lgan topsiriqlar yuklatildi.