Mustaqillik bayrami arafasida xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlarini xavfsiz va yuqori saviyada o‘tkazish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida Nukus shahridagi “Amir Temur” madaniyat va istirohat bog‘ida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida attraksionlar egalari va operatorlariga:
- attraksionlardan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish;
- ularni o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazish va soz holatda saqlash;
- texnik holatini muntazam nazorat qilish;
- nosoz yoki xavfsizlik talablariga javob bermaydigan attraksionlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga attraksionlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha eslatma va qo‘llanmalar tarqatildi.
Bayram — avvalo, xavfsizlikdan boshlanadi! Ayniqsa, bolalarning maroqli hordiq chiqarishi uchun attraksionlarning texnik sozligi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi muhim.
Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamizga tinchlik, xotirjamlik, farovonlik va quvonch olib kelsin!