MUSTAQILLIK YILLARIDA SANOAT XAVFSIZLIGI: BARQAROR RIVOJLANISH VA YANGI YUTUQLAR
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakatimizda sanoat xavfsizligini ta’minlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalarning oldini olish va fuqarolar hayoti hamda sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda sanoat xavfsizligi sohasida zamonaviy nazorat va profilaktika mexanizmlari, raqamli texnologiyalar hamda ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish orqali sohani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
- xavfli ishlab chiqarish obyektlarini aniqlash va hisobini yuritish;
- texnik qurilmalarning xavfsizligi bo‘yicha ekspertiza va nazorat tadbirlarini takomillashtirish;
- yuk ko‘tarish inshootlari, liftlar, qozonxonalar, bosim ostida ishlovchi uskunalar, quvur tarmoqlari va boshqa texnik qurilmalar xavfsizligini ta’minlash;
- ishlab chiqarish obyektlarida avariya va baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
- sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini zamonaviy va shaffof mexanizmlar asosida tashkil etish;
- sohani raqamlashtirish, ma’lumotlar almashinuvi va nazorat jarayonlarini yagona axborot tizimlari orqali takomillashtirish;
- mutaxassislarning malakasini oshirish, xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda.
Ayniqsa, sanoat xavfsizligi sohasining raqamlashtirilishi, nazorat jarayonlarining ochiqligi va samaradorligini oshirish, tadbirkorlik subyektlari huquqlarini ta’minlash hamda xavflarni oldindan aniqlashga asoslangan yondashuvlarni kengaytirish bugungi kunning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Bu sa’y-harakatlarning bosh maqsadi — inson hayoti va sog‘lig‘ini asrash, ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash, avariyalarning oldini olish hamda mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdir.
Mustaqillik — bu nafaqat ulkan tarixiy yutuq, balki kelajak uchun yanada katta mas’uliyatdir.
Sanoat xavfsizligi Davlat muassasasi jamoasi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida xavfsiz ishlab chiqarish muhitini ta’minlash, sanoat xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish va zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish borasidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti — xavfsiz va barqaror ishlab chiqarishdan boshlanadi!