FAXRIYLARIGA — YUKSAK HURMAT VA EHTIROM
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining «Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi tizimida ko‘p yillar davomida samarali va fidokorona mehnat qilgan, bugungi kunda mehnat faxriysi sifatida nafaqada bo‘lgan xodimlarning holidan xabar olindi.
Tashriflar davomida faxriylar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning hayoti, kayfiyati va holidan xabar olindi. Ularning ko‘p yillik mehnat faoliyati, soha taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi, boy kasbiy tajribasi va fidoyiligi alohida e’tirof etildi.
Faxriylarga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklar izhor etilib, bayram sovg‘alari topshirildi.
«Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi jamoasi barcha mehnat faxriylarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etadi!
Sizlarning ko‘p yillik fidokorona mehnatingiz, boy tajribangiz va ibratli faoliyatingiz — bugungi avlod uchun bebaho merosdir.