KRANLARDA XAVFSIZLIK — HAYOT UCHUN MUHIM!
Yuk ko‘tarish kranlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish — baxtsiz hodisalarning oldini olishning muhim shartidir.
- Kran belgilangan tartibda texnik ko‘rik va zarur sinovlardan o‘tkazilgan bo‘lishi;
- yuk ko‘tarish qobiliyatidan ortiqcha yuk ko‘tarilmasligi;
- tros, ilgak, strop va boshqa yuk ilish moslamalarining sozligi ta’minlanishi;
- yuk ko‘tarilayotgan va ko‘chirilayotgan vaqtda uning ostida odamlar bo‘lmasligi;
- kranlarni faqat tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar boshqarishi lozim.
Nosoz krandan foydalanmang! Xavfsizlik talablarini buzmang!
Kranlarni joylashtirish va ulardan foydalanish belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Sanoat xavfsizligi — inson hayoti va salomatligini asrashdan boshlanadi!