MUSTAQILLIK — YANGI YUTUQLAR VA YUKSALISH POYDEVORI

Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, milliy qadriyatlarimiz va buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchimizni o‘zida mujassam etgan ulug‘ ne’matdir. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari va izchil taraqqiyot Vatanimizning yanada ravnaq topishiga xizmat qilmoqda.

«Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi jamoasi ham mamlakatimizning barqaror iqtisodiy taraqqiyoti, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash, avariyalarning oldini olish va ularning oqibatlarini minimallashtirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimiz va yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
«Sanoat xavfsizligi» Davlat muassasasi rahbari
Y. Ibragimov