"Sanoat xavfsizligi" davlat muassasasi – sanoat xavfsizligining ishonchli texnik tayanchi

Har bir xavfli ishlab chiqarish obyektida xavfsizlikni ta'minlash – inson hayoti va salomatligini, atrof-muhitni hamda ishlab chiqarish barqarorligini muhofaza qilishning eng muhim omillaridan biridir.

"Sanoat xavfsizligi" davlat muassasasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan davlat muassasasi bo‘lib, sanoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ekspertiza, texnik baholash, sinov va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshiradi.

Muassasaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
• Yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari loyiha hujjatlarining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini ekspertizadan o‘tkazish.
• Bino va inshootlar, texnik qurilmalar hamda uskunalarning texnik holatini baholash.
• Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ekspertizadan o‘tkazish.

Texnik qurilmalarni sertifikatlashtirish
• Bosim ostida ishlovchi idishlar.
• Yuk ko‘tarish kranlari.
• Lift va eskalatorlar.
• Gaz hamda metallga ishlov berish uskunalari.
• Burg‘ilash qurilmalari va boshqa yuqori xavf manbai hisoblangan texnik vositalarning amaldagi standartlar hamda xavfsizlik talablariga muvofiqligini sertifikatlashtirish.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha texnik ko‘mak
• Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash va hisobga olish jarayonlarida ishtirok etish.
• Ekspertiza xulosalari hamda sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha tegishli ma'lumotlarni shakllantirish va yuritishda ishtirok etish.

Ilmiy-metodik va me'yoriy-texnik faoliyat
• Sanoat xavfsizligi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
• Korxonalarga me'yoriy-texnik hujjatlar yuzasidan amaliy va metodik ko‘mak ko‘rsatish.
• Avariya va texnik nosozliklar sabablarini tahlil qilish hamda ularning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

"Sanoat xavfsizligi" davlat muassasasi o‘z faoliyati orqali xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnik xavfsizlikni ta'minlash, avariya va baxtsiz hodisalarning oldini olish, zamonaviy ekspertiza va sertifikatlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish orqali mamlakatimizda sanoat xavfsizligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Xavfsizlik – taraqqiyotning ishonchli kafolati!