CHEKLANGAN VA YOPIQ JOYLARDA ISHLASHDA XAVFSIZLIK — ENG MUHIM TALAB

Rezervuar, quduq, bunker, quvur va boshqa cheklangan maydonlarda ishlash yuqori xavf bilan bog‘liq. Shu bois bunday joylarda ishlarni tashkil etishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish zarur.

- Ish boshlashdan oldin barcha xavf-xatarlar baholanadi va belgilangan tartibda naryad-ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
- Havo tarkibidagi kislorod, zaharli va yonuvchan gazlar maxsus asboblar yordamida tekshiriladi hamda ish davomida nazorat qilinadi.
- Zaruratga ko‘ra ish maydoni shamollatiladi, xodimlar esa tegishli shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanadi.
- Xavfsiz kirish va chiqish sharoiti yaratiladi, ichkarida ishlayotgan xodim bilan tashqaridagi mas’ul kuzatuvchi o‘rtasida uzluksiz aloqa ta’minlanadi.
- Favqulodda vaziyatlar uchun qutqaruv rejasi va zarur vositalar oldindan tayyorlanadi.
- Uskuna va tizimlarning kutilmaganda ishga tushishining oldini olish uchun energiya manbalari blokirovka qilinadi.

Unutmang: cheklangan maydonga xavfsizlik talablariga rioya qilmasdan va yolg‘iz kirish mumkin emas!

Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — inson hayoti va salomatligini asrashning eng muhim shartidir.