DIQQAT! MUHIM MA’LUMOT

1-SENTABRDAN GAZ BALLONLI AVTOMOBILLAR ZAPRAWKADAN QAYTARILADIMI?
YO‘Q!
So‘nggi kunlarda 1-sentabrdan boshlab gaz ballonli avtomobillar yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan qaytarilishi va barcha haydovchilardan QR-kod olish talab etilishi haqida turli xavotirlar bildirilmoqda.

❗️BU XAVOTIRLAR ASOSSIZ.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qaroriga muvofiq, yangi tartib gaz ballonining navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddati kelgan holatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

ENG KO‘P BERILAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
1️⃣ 1-sentabrdan barcha gaz ballonli avtomobillar zapravkadan qaytariladimi?
❌ YO‘Q!
Gaz ballonining amaldagi tekshiruv muddati tugamagan haydovchilar o‘zlaridagi amaldagi hujjatlar asosida avtomobildan foydalanishda davom etishlari mumkin.
2️⃣ «Uzun navbatlar va ortiqcha ovoragarchilik yuzaga keladimi?»
❌ BUNGA EHTIYOJ VA ASOS YO‘Q!
Gaz ballonining amaldagi tekshiruv muddati tugamagan haydovchilarga 1-sentabrdan boshlab qayta tekshiruvdan o‘tish yoki zudlik bilan yangi QR-kod olish talab etilmaydi.
Faqat gaz ballonining belgilangan tekshiruv muddati kelganda, rejali tartibda tekshiruvdan o‘tiladi.
Tekshiruv natijalari elektron tizimga kiritiladi va tegishli QR-kodli hujjat rasmiylashtiriladi.
⚠️ Yangi tartib barcha haydovchilarni bir vaqtning o‘zida laboratoriyaga borishga majbur qilmaydi.
3️⃣ «Yangi tartib faqat pul undirish yoki ortiqcha byurokratiya uchunmi?»
❌ YO‘Q!
Tizimning asosiy maqsadi:
-gaz ballonlarining texnik holatini nazorat qilish;
-qalbaki hujjatlardan foydalanishning oldini olish;
⚠️ gaz ballonlari bilan bog‘liq avariya va noxush hodisalar xavfini kamaytirish;
-fuqarolar hayoti va xavfsizligini ta’minlash.

MUDDATLAR BO‘YICHA ODDIY MISOLLAR
- 1-MISOL — HUJJATI AMALDA BO‘LGANLAR
Agar gaz balloningiz 2025-yil mart oyida texnik sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa va hujjatingiz 2028-yil martgacha amal qilsa:
✅ 1-sentabrdan keyin qayta tekshiruvdan o‘tishingiz talab etilmaydi;
✅ zudlik bilan QR-kod olishingiz shart emas;
✅ amaldagi hujjatingiz asosida avtomobildan foydalanishda davom etasiz.
- 2-MISOL — TEKSHIRUV MUDDATI TUGAYOTGANLAR
Agar gaz balloningizning tekshiruv muddati 2026-yil 1-sentabrdan keyin tugasa, muddat kelganda:
- belgilangan tartibda rejali tekshiruvdan o‘tasiz;
- tekshiruv natijalari elektron tizimga kiritiladi;
- QR-kodli tegishli hujjat rasmiylashtiriladi.
- Avtomobilga yangi gaz balloni o‘rnatilganda ham belgilangan tartibda tekshiruv va rasmiylashtirish amalga oshiriladi.

XAVFSIZLIK — BU BYUROKRATIYA EMAS!
✅ Bu — siz va oilangiz hayoti va salomatligini himoya qilishga qaratilgan muhim chora.

HURMATLI FUQAROLAR!
Agar ushbu tartib bo‘yicha sizda savollar, shubhali holatlar yoki noqonuniy harakatlar haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining
☎️ 71 203-02-39 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.