TARIX VA MILLIY MEROSGA EHTIROM — MA’NAVIY TARBIYANING MUHIM OMILI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Sanoat xavfsizligi” Davlat muassasasi xodimlarining tarixiy-madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif davomida xodimlar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, Amir Temur va Temuriylar davri tarixi, davlat boshqaruvi, ilm-fan, madaniyat va me’morchilik sohalarida erishilgan yutuqlar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bunday ma’rifiy tashriflar xodimlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimizga hurmat tuyg‘usini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

“Sanoat xavfsizligi” Davlat muassasasi jamoasi uchun tashkil etilgan ushbu tashrif mazmunli va taassurotlarga boy o‘tdi.