Mahsulotni sertifikatlash

Sertifikatlashtirishning har bir turi, masalan: mahsulotni ixtiyoriy sertifikatlash va mahsulotni majburiy sertifikatlash muayyan sharoitlarda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sertifikatlash, mahsulotning meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini, fuqarolarning salomatligi va xavfsizligini himoyalashni, atrof-muhitni himoya qilishni kafolatlaydigan asosiy vosita hisoblanadi.

Sertifikatlashni tashkil etish va o‘tkazish «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan bir hil mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Sertifikatlash davomida, mahsulotni talablarga muvofiqligini tasdiqlash ishlari amalga oshiriladi va bu, meʼyoriy hujjatlar bilan sertifaktlashtirishdan o‘tkaziladigan mahsulotlar uchun o‘rnatilgan talab bo‘lib, u, hususiyatlari (ko‘rsatkichlar) ro‘yxatini, sertifikatlash paytida tekshiruvdan o‘tkaziladigan, nazorat va sinov usullarini o‘z ichiga oladi.

Sertifikatlash davomida, muayyan mahsulot uchun o‘rnatilgan meʼyoriy hujjatlardan tashqari, mahsulotga majburiy talabni belgilovchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va MH tomonidan rasman nashr qilingan boshqa hujjatlarga ham amal qilish kerak bo‘ladi.

Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • hayot uchun, inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar sotilishini nazorat qilish;
  • jahon bozorida mahsulotning raqobatdoshligini taʼminlash;
  • mahalliy va qo‘shma korxonalarning, tadbirkorlarning xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorligi uchun va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratish;
  • isteʼmolchilarni ishlab chiqaruvchining (sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) insofsizligidan himoya qilish;
  • ishlab chiqaruvchining (sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) arizasi asosida, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlab berish.

"Sanoat Xavfsizligi" DM OT akkreditatsiya sohasiga kiruvchi mahsulotlar - bu texnik qurilmalar va asbob-uskunalar bo‘lib, ulardan foydalanish insonlar sog‘lig‘i, mol-mulki yoki atrof-muhit uchun yuqori xavf tug‘diradi. Ushbu mahsulotlar tayyorlanishidan to utilizatsiya qilinishigacha bo‘lgan butun davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazorati ostida bo‘ladi.Sertifikatlashtirish - mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash faoliyati (uchinchi tomon tomonidan muvofiqlikni tasdiqlash).

Deklaratsiyalash - birinchi tomonning muvofiqlikni tasdiqlashi.

Namunalarni tanlab olish - belgilangan tartibga muvofiq muvofiqlikni baholash obyektining vakillik namunasini olish.

Sinovlarni o‘tkazish - belgilangan tartibga muvofiq muvofiqlikni baholash obyektining bir yoki bir nechta xususiyatlarini aniqlash.

Mahsulotni sertifikatlashtirish sxemasi - bu muayyan mahsulotga taalluqli bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirish tizimi bo‘lib, unga bir xil belgilangan talablar, maxsus qoidalar va tartiblar qo‘llaniladi.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimi - bu uchinchi tomon tomonidan muvofiqlikni baholashni o‘tkazish uchun qoidalar, jarayonlar va boshqaruv tizimi.

Inspeksiya nazorati - muvofiqlik to‘g‘risidagi bayonotning qonuniyligini ta’minlash maqsadida muvofiqlikni baholash faoliyatini muntazam ravishda kuzatib borish.

Ariza beruvchi - mahsulotni sertifikatlashtirish uchun ariza bilan murojaat qilgan tashkilot yoki shaxs.

Atamalar va ta’riflar O‘z DSt ISO/IEC 17000:2009 ga muvofiq keltirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi 4059-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-maydagi 181-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-apreldagi 67-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktyabrdagi 292-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-martdagi 220-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-iyundagi 42 7-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-oktyabrdagi 80 1-son Qarori,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi 887-son Qarori.

O’z DSt ISO/IEC 17065:2015 «Mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarni sertifikatlashtiruvchi organlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiqlikni baholash»;

О’z DSt 1.19:2000 «O‘zDST Muvofiqlikni tasdiqlash belgilari: shakli, yozilishi va asosiy o‘lchamlari»

O’z DSt ISO/IEС 17000:2009 «Muvofiqlikni baholash. Lug‘at va umumiy qoidalar»;

PMG 36-2001 «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zo davlatlarida muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish tartibi»;

"Sanoat Xavfsizligi" DM Sifat Menejmenti Tizimi Organi protsedura hujjatlari (Rahbarlik qo‘llanmasi, Protsedura Sifat qo‘llanmasi, Yo‘riqnomalar).

Majburiy tarzda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli qarori).

Yuridik va jismoniy shaxslarning hayotiga, salomatligiga, mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, transportirovka qilish yoki saqlash xavfsizligini taʼminlaydigan talablar mavjud bo‘lmagan holatlarda, «O‘zstandart» agentligi tegishli davlat organlari bilan birgalikda, bunday talablarni kechiktirmagan holda ishlab chiqilishini va amalga kiritishini taʼminlaydi.

Majburiy sertifikatlash, ishlab chiqarishni (seriyali sertifikatlashda)tekshirish, mahsulotning xarakteristikalari meʼyoriy hujjatlar talablariga javob berishi uchun sinovdan o‘tkazishni, sertifikatlangan mahsulotni tekshirish va nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.

Ixtiyoriy sertifikatlash

Yuridik va jismoniy shaxslar tashabbusi bilan, ixtiyoriy sertifikatlash har qanday mahsulotni, uning meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlab berish uchun o‘tkazilishi mumkin.

Ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazib berish xuquqi, «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.

  • mahalliy mahsulotlarni sertifikatlash,
  • import qilinadigan mahsulotlarni sertifikatlash,
  • rasmiylashtirishda va muvofiqlik sertifikatini olishda ko‘maklashish;
  • tayyorlovchining deklaratsiyasi bo‘yicha sertifikatlash,
  • xorijiy mamlakatlarning muvofiqlik sertifikatlarini tan olish,
  • mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalarni kompleks yechimi.
  • Siqilgan va suyultirilgan gazlar va suyuqliklar uchun qora metallardan yasalgan idishlar, sisternalar, bosim ostida ishlovchi idishlar, rezervuar va shunga o‘xshash idishlar;
  • Gazli, suyuq va qattiq yoqilg‘ilarda isitish (issiqlik) uskunalari;
  • Bug‘ qozonlari va gazli, suyuq yoqilg‘ili, qattiq yoqilg‘ili va ko‘p yoqilg‘ili suv isitgichlari;
  • Nasos uskunalari (suyuqlik va havo nasoslari);
  • Kompressorlar, ventilyatorlar, havoni kondensatsiyalash uchun qurilmalar;
  • Isitish gorelkalari (gazli);
  • Inersiyasi bo‘lmagan suv isitgichlari yoki elektrli bo‘lmagan, issiqlik suv akkumulyatorlari;
  • Kimyoviy issiqlik uzatish uskunalari (havo sovutgich apparatlaridan tashqari);
  • Shamollatish va changni bostirish uchun uskunalar (filtrlar);
  • Yuk ko‘taruvchi tali va ko‘tarish moslamalari, chig‘irlar;
  • ko‘taruvchi-transportli uskunalar. Yuk ko‘tarish kranlari (transport vositalarini yuklash yoki tushirish uchun ko‘prikli, gumbazli, osma, minorali, portal va tayanch ustidagi, gidravlik kranlar);
  • Liftlar, arqon yo‘llar, konveyrlar, eskalatorlar, ko‘chirib o‘tkazuvchi, yuklovchi yoki tushirishga mo‘ljallangan mashina va qurilmalar va hk.;
  • Tuproqni, foydali qazilmalarni yoki rudalarni ko‘chirib o‘tkazish, saranjomlash, qiyalab tekislash, ishlov berish, trambovkalash, siqish, qazish yoki burg‘ulash uchun mashinalar va mexanizmlar;
  • Ekspluatatsion va chuqur qidiruv quduqlarini burg‘ulash uchun uskunalar;
  • Metalllarni gaz alangasi bilan ishlov berish uchun asbob-uskunalar va apparaturalar;
  • Sanoat quvurlari vositasi, shu jumladan;
  • saqlagich klapanlar;
  • kislorod uskunasi vositasi;
  • yong‘in gidrantlari;
  • boshqa vositalar:
  • suyultirilgan uglevodorod gazlari uchun bosim regulyatorlari;
  • balonlarni tambalash qurilmalari;
  • gaz reduktorlari;
  • sovuq va issiq suv uchun sanitariya-texnik vositalar;
  • bosim, oqim, daraja, harorat regulyatorlari;
  • zadvijkalar;
  • klapanlar, kranlar, tambalar;
  • favvora vositalari;
  • quduq uskunalari;
  • Issiqlik va issiq suv taʼminoti uchun elektr jihozlari va uskunalar;
  • Yuklarni tashish (gaztashuvchilar) uchun motorli transport vositalari;
  • Maxsus har xil maqsadlar uchun mo‘ljallangan ko‘taruvchi-transport uskunalari va ko‘taruvchi-transport mashinalari uchun uskunalar (avtokranlar, avtoburg‘ulagichlar, machtali ko‘tarish uskunalari, sug‘orish-sepish avtomobillari, avtotsisternalar, tirkamali sisternalar va yarim tirkamali sisternalar).

1-sxema namunaviy namunani sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha, ayniqsa xavfsizlik nuqtai nazaridan, mahsulotlarni sinov laboratoriyasida (SL) sinovdan o‘tkazishni nazarda tutadi. Bu sxema hatto mahsulotga aniq standartlar mavjud bo‘lmagan hollarda ham qo‘llaniladi.

2-sxema namunaviy namunani sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish uchun mahsulotni SLda sinovdan o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Ushbu sxemada sertifikatlashtirilayotgan mahsulotni sotish joylarida (iste’molchidan) olingan namunalarni sinovdan o‘tkazish orqali davriy baholashni o‘tkazish nazarda tutilgan.

3-sxema ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarning me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash maqsadida mahsulotni SLda sinovdan o‘tkazishni nazarda tutadi. Ushbu sxema korxonada ishlab chiqaruvchidan olingan mahsulotni sinovdan o‘tkazish orqali sertifikatlanayotgan mahsulotni davriy baholashni o‘tkazishni ko‘zda tutadi.

4-sxema ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va majburiy ko‘rsatkichlarni tekshirish hamda ishlab chiqarish sharoitlarini baholash uchun mahsulotni SLda sinovdan o‘tkazishni nazarda tutadi. Ushbu sxema mahsulotlarni sotish joylarida (iste’molchidan) va ishlab chiqarish joylarida olingan namunalarni sinash orqali tekshirishni ko‘zda tutadi.

7-sxema mahsulot partiyasini sertifikatlashtirishda qo‘llaniladi va mahsulotlarni SLda sinovdan o‘tkazishni nazarda tutadi.

TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDA MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASHDA SERTIFIKATLASH ORGANIDA MAHSULOTLARNI SERTIFIKATLASH SXEMALARINI QO‘LLASH

1С sxema - Sxema seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladi.Ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan vakil qilingan shaxs arizachi bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish jarayonining barqarorligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik reglament talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi, shuningdek ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiradi. Ariza beruvchi sertifikatlangan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alashni ta’minlaydi. 1С sertifikatlashtirish sxemasida namunalar olish va mahsulotni identifikatsiyalash, IMOga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish, mahsulotni SLda sinash (o‘lchash) ni o‘tkazish, ishlab chiqarish nazorati (ariza beruvchi tomonidan), ishlab chiqarishni MSO tomonidan baholash, MSO tomonidan mahsulotni davriy baholash nazarda tutilgan.

2C  sxema - ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarini sertifikatlash organi tomonidan sertifikatlangan joriy etilgan menejment tizimi mavjud bo‘lganda seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. Ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan vakil qilingan shaxs arizachi bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi joriy etilgan va sertifikatlangan menejment tizimi va ishlab chiqarish sharoitlarining barqaror ishlashini ta’minlash, tegishli ishlab chiqarish nazorati uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. Ariza beruvchi sertifikatlashtirilgan mahsulotning muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alanishini ta’minlaydi. 2C sertifikatlashtirish sxemasida namunalar olish va mahsulotni identifikatsiyalash, IMOga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish, mahsulotlarni SLda sinovdan o‘tkazish (o‘lchash), ishlab chiqarish nazorati, ishlab chiqarishni MSO tomonidan baholash, sifat menejmenti tizimini baholash, mahsulotni MSO  tomonidan davriy baholash nazarda tutilgan.

             3S sxemasi - mahsulot partiyasi uchun qo‘llaniladi. 3S sxemasi bo‘yicha sertifikatlashtirishda ariza beruvchi bo‘lib ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi. Mahsulot O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelib tushgunga qadar sertifikatlashtirilishi mumkin. Bu holda talabnoma beruvchi sertifikatlashtiriladigan mahsulotning tanlab olingan namunalari va ularni yetkazib berish uchun javobgardir. Ariza beruvchi sertifikatlangan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alashni ta’minlaydi. 3C sertifikatlashtirish sxemasida namunalar olish va mahsulotni identifikatsiyalash, IMOga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish, mahsulotlarni SLda sinovdan o‘tkazish (o‘lchash) ko‘zda tutilgan. Agar texnik reglamentda mahsulot namunalarini (sinovlarini) sinash va o‘lchash natijalaridan o‘xshash mahsulotning keyingi turkumlari uchun foydalanish imkoniyati belgilangan bo‘lsa, mahsulotni sertifikatlashtirish organi mahsulot turkumining ilgari mahsulotning muvofiqlik sertifikati berilgan mahsulotga nisbatan o‘xshashligini aniqlash uchun uni identifikatsiyalashni o‘tkazadi. Agar MSO  tomonidan ilgari mahsulotning muvofiqlik sertifikati berilgan mahsulotga nisbatan mahsulot turkumining o‘xshashligi aniqlangan bo‘lsa, turkumdan mahsulot namunalarini (sinovlarini) olish, shuningdek sinash va o‘lchashlar o‘tkazilmaydi. Bu holda foydalanilayotgan mahsulotni sinash va o‘lchash bayonnomasining amal qilish muddati texnik reglament bilan belgilanadi.

        4С sxema agar ushbu buyum uchun sinovlar buzuvchi bo‘lmasa,  yakka buyum uchun qo‘llaniladi,. 4C sxemasi bo‘yicha sertifikatlashtirishda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi. 4S sertifikatlashtirish sxemasi mahsulotni identifikatsiyalash, IMOga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish, hamda mahsulotni sinov laboratoriyasida sinovdan o‘tkazish (o‘lchash)ni nazarda tutadi. Agar texnik reglamentda yakka buyumni sinash va o‘lchash natijalaridan o‘xshash mahsulotning keyingi yakka buyumlari uchun foydalanish imkoniyati belgilanmagan bo‘lsa, yakka buyumni sinash va o‘lchash sinov laboratoriyasida o‘tkaziladi. Agar texnik reglamentda yakka buyumni sinash va o‘lchash natijalaridan o‘xshash mahsulotning keyingi yakka buyumlari uchun foydalanish imkoniyati belgilangan bo‘lsa, mahsulotni sertifikatlashtirish organi yakka buyumning ilgari muvofiqlik sertifikati berilgan mahsulotga nisbatan o‘xshashligini aniqlash uchun uni identifikatsiyalashni o‘tkazadi. Agar mahsulotni sertifikatlashtirish organi tomonidan ilgari muvofiqlik sertifikati berilgan mahsulotga nisbatan yakka buyumning o‘xshashligi aniqlansa, sinovlar va o‘lchovlar o‘tkazilmaydi. Bu holda foydalanilayotgan mahsulotni sinash va o‘lchash bayonnomasining amal qilish muddati texnik reglament bilan belgilanadi.

5C sxema agar tayyor mahsulotni sinovdan o‘tkazishda texnik reglament talablariga muvofiqligini to‘liq tasdiqlash imkonsiz yoki qiyin bo‘lsa, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi,.

5C sxemasi bo‘yicha sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (yoki ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) hisoblanadi. Ariza beruvchi sertifikatlangan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alashni ta’minlaydi. 5C sertifikatlashtirish sxemasida quyidagilar ko‘zda tutilgan: mahsulotni identifikatsiyalash, IMOga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish, mahsulot loyihasini tadqiq etish, ishlab chiqarish nazorati va MSO  tomonidan ishlab chiqarishni baholash, shuningdek sertifikatlashtirish organi tomonidan mahsulotni davriy baholash.

6C sxema Sertifikatlashtirish sxemasi seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot uchun, agar tayyor mahsulotni sinash va o‘lchashda texnik reglament talablariga muvofiqligini to‘liq tasdiqlash mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa, shuningdek, ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan sertifikatlashtirilgan joriy etilgan menejment tizimi mavjud bo‘lsa, qo‘llaniladi.6s-sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) hisoblanadi. Ariza beruvchi sertifikatlangan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alashni ta’minlaydi. Ishlab chiqaruvchi texnik reglament talablariga javob beradigan mahsulotni ishlab chiqarish uchun joriy etilgan va sertifikatlangan menejment tizimi va ishlab chiqarish sharoitlarining barqaror ishlashini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

6C sertifikatlashtirish sxemasida mahsulotni identifikatsiyalash, IMOga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish, mahsulot loyihasini tadqiq qilish, ishlab chiqarish nazorati va MSO  tomonidan ishlab chiqarishni baholash, sifat menejmenti tizimini baholash, MSO tomonidan mahsulotni davriy baholash ko‘zda tutilgan

7C sxema - seriyali ishlab chiqarishga qo‘yish uchun mo‘ljallangan mahsulot uchun, mahsulot modifikatsiyalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan taqdirda qo‘llaniladi.7C sxema bo‘yicha sertifikatlashtirishda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) hisoblanadi. Ariza beruvchi sertifikatlangan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alashni ta’minlaydi. 7C sertifikatlashtirish sxemasida mahsulotni identifikatsiyalash, IMOga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish, mahsulot turini tadqiq qilish, ishlab chiqarish nazorati, MSO  tomonidan mahsulotni davriy baholash ko‘zda tutilgan

8C sxema - seriyali ishlab chiqarishga qo‘yish uchun mo‘ljallangan mahsulot uchun, mahsulot modifikatsiyalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan taqdirda va ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarini sertifikatlash organi tomonidan sertifikatlangan joriy etilgan menejment tizimi mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi. 8C sxemasi bo‘yicha sertifikatlashtirishda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) hisoblanadi. Ariza beruvchi sertifikatlangan mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alashni ta’minlaydi. 8C sertifikatlashtirish sxemasida mahsulotni identifikatsiyalash, IMOga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish, mahsulot turini tadqiq qilish, ishlab chiqarish nazorati, sifat menejmenti tizimini baholash, MSO  tomonidan mahsulotni davriy baholash ko‘zda tutilgan.

9C sxema O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalarni jihozlash uchun mo‘ljallangan yagona buyumlar uchun qo‘llaniladi. 9C sxemasi bo‘yicha sertifikatlashtirishda ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) arizachi hisoblanadi. 9C sxemasi bo‘yicha sertifikatlashtirish texnik hujjatlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi arizachi tomonidan taqdim etilgan, mahsulotning texnik reglament talablariga muvofiqligini bilvosita tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qiladi

Muvofiqlikni baholash ishidagi asosiy jarayonlar quyidagilardan iborat::

- sertifikatlashtirish uchun arizani qabul qilish va tahlil qilish;

- talabnoma bo‘yicha qaror qabul qilish;

- mahsulotga NXni tahlil qilish va sertifikatlashtirish sinovlari dasturini ishlab chiqish;

- namunalarni identifikatsiyalash va tanlab olish;

- sinovlar;

- ishlab chiqarishni baholash;

- muvofiqlikni baholash ishlari natijalarini tahlil qilish;

- baholash natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish;

- muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish;

- muvofiqlik sertifikatini Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish;

- mahsulotni davriy baholash.

 

Ariza. Ariza tahlili

 

Arizada sertifikatlashtirish organi tomonidan tegishli sertifikatlashtirish sxemasiga muvofiq sertifikatlashtirish jarayonini amalga oshirish uchun barcha zarur ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

Ariza beruvchi mahsulotni sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan talabnomani taqdim etadi.

Sertifikatlashtirish organi quyidagilarga ishonch hosil qilish uchun talabnoma (F-3/B) va olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi:

  1. a) ariza to‘g‘ri to‘ldirilganligi;
  2. b) hujjatlar to‘plamidagi materiallar sertifikatlashtirish jarayonini o‘tkazish uchun yetarliligi;
  3. v) sertifikatlashtirish organi va buyurtmachi o‘rtasidagi har qanday tushunmovchilik bartaraf etilganligi, shu jumladan standartlar yoki boshqa me’yoriy hujjatlar bo‘yicha kelishuvga erishilganligi;
  4. g) sertifikatlashtirishning talab qilinadigan sohasi aniqlanganligi;
  5. d) baholash bo‘yicha barcha harakatlarni bajarish uchun resurslar mavjudligi;
  6. e) sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun zarur kompetensiya va imkoniyatlarga egaligi.

Arizani tahlil qilish uchun dastlabki ma’lumotlar: talabnomada keltirilgan ma’lumotlar, mahsulotlarni markirovkalash va yorliqlash, TIF TN kodini tekshirish, tovarning kuzatuv hujjatlari, texnik hujjatlar to‘plami, me’yoriy hujjatlar, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish.

            Arizani  tahlil qilish natijalari ijobiy bo‘lganda sertifikatlashtirish to‘g‘risida qaror rasmiylashtiriladi, u  "Sanoat xavfsizligi" DM MSO  rahbari tomonidan tasdiqlanadi. "Sanoat Xavfsizligi" DM tarkibiga  MSO  kiradigan "Sanoat Xavfsizligi" DM va sertifikatlashtirish ishlarini o‘tkazish uchun ariza beruvchi o‘rtasida xo‘jalik shartnomasi rasmiylashtiriladi. "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO  buyurtmachi bilan "Sertifikatlashtirish bo‘yicha bitim" tuzadi (7-ilova), unda mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha organ va buyurtmachining javobgarligi belgilab qo‘yiladi.

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ilova qilinayotgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va tahlil qilishning salbiy natijalari to‘g‘risida MSO  ariza beruvchini elektron tizim orqali arizadagi kamchiliklarni yoki hujjatlar to‘plamining to‘liq emasligi sabablarini ko‘rsatgan holda sertifikatlashtirish ishlarini o‘tkazish rad etilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

Buyurtmachining talabiga ko‘ra sertifikatlashtirish idorasi sertifikatlashtirishni o‘tkazishni rad etish asosini taqdim etishi kerak.

Baholash

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO barcha zarur chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida baholash rejasini tuzadi.

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO o‘zining ichki resurslari yordamida, shuningdek baholash rejasiga muvofiq tashqi resurslar yordamida bajariladigan baholash faoliyatini amalga oshiradi.

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO har bir baholash vazifasini bajarish uchun xodimlarni tayinlaydi. MSO  mutaxassislari tomonidan mahsulotni baholash sertifikatlashtirish sohasiga kiritilgan talablarga, shuningdek sertifikatlashtirish sxemasida ko‘rsatilgan boshqa talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO baholash bo‘yicha vazifalarni bajarishda (hujjatlarni tahlil qilish, namunalar olish, sinovlar va boshqalar) barcha zarur ma’lumotlarning mavjudligini ta’minlaydi.

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO hujjatlar tahlili, namunalarni identifikatsiyalash va tanlash, ishlab chiqarish sharoitlarini tekshirishda aniqlangan barcha nomuvofiqliklar to‘g‘risida buyurtmachini xabardor qiladi.

Agar bir yoki bir nechta nomuvofiqliklar aniqlansa va buyurtmachi sertifikatlashtirish jarayonini davom ettirishdan manfaatdor bo‘lsa, MSO  nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha baholash vazifalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.

Agar buyurtmachi baholash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalarni bajarishga rozi bo‘lsa, nomuvofiqlik aniqlangan harakatlar qismida baholash jarayoni takrorlanadi.

Ma’lumotlarni tahlil qilish

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSOda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plami, ariza bo‘yicha qaror qabul qilishning to‘g‘riligi, sinov dasturlari, mahsulotning standartlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar (mahsulot namunalarini tanlash va identifikatsiyalash dalolatnomasi, sinov va o‘lchov bayonnomalari (sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilgan hollarda)), ishlab chiqarishni baholash natijalari (sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilgan hollarda) tahlil qilinadi.

Sinovlar va sertifikatlashtirish natijalarini tahlil qilish uchun "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM direktori tomonidan har yili buyruq bilan tayinlanadigan mustaqil ekspert(lar) javobgar bo‘ladi. Ular ariza bo‘yicha qaror qabul qilish, namuna tanlash va sinovlarda ishtirok etmagan, hamda ishlarni bajarish uchun yetarli malakaga ega bo‘lishi lozim. Sertifikatlashtiriladigan uskunalarning o‘ziga xos xususiyatlari va tahlil jarayonida yuzaga keladigan bahsli masalalarning mavjudligiga qarab, bir yoki bir nechta vakolatli ekspertlar tomonidan o‘tkaziladi. Sertifikatlashtiriladigan uskunalar sohasida vakolatli mustaqil ekspert bo‘lmaganda yoki bahsli masalalar yuzaga kelganda, sertifikatlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM buyrug‘i bilan tayinlangan shaxs(lar) yoki texnik qo‘mita vakil(lar)i jalb etiladi. Ular xodim bo‘lishi yoki shartnoma asosida ishlashi kerak.

Tahlil natijalari hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Tahlil natijalariga ko‘ra muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Sertifikatlash bo‘yicha qaror

            Sertifikatlashtirish natijalarini baholash va barcha ma’lumotlarni tahlil qilish baholash jarayonida ishtirok etmagan shaxs (mustaqil ekspert) tomonidan amalga oshiriladi.

Muvofiqlikni baholash natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini berish yoki bermaslikning texnik asosi bo‘lgan muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risidagi qaror rasmiylashtiriladi. Ushbu qaror muvofiqlikni baholash jarayonida ishtirok etmagan vakolatli shaxs tomonidan chiqariladi va imzo bilan tasdiqlanadi. Sertifikatlashtirish natijalari ijobiy bo‘lganda muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi. Sertifikatlashtirish natijalari salbiy bo‘lganda ariza beruvchining nomiga sertifikat berishni rad etish sabablari ko‘rsatilgan xat tayyorlanadi..

Sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha hujjatlar

Muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi buyurtmachiga sertifikatlashtirish bo‘yicha rasmiy hujjat - muvofiqlik sertifikatini taqdim etadi. Muvofiqlik sertifikati barcha zarur rekvizitlar (amal qilish muddati, davlat reyestri raqami va boshqalar) belgilangan va qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi. Sertifikat o‘zbek yoki rus tillarida to‘ldiriladi.

Tanlangan sertifikatlashtirish sxemasiga bog‘liq holda muvofiqlik sertifikati yakka mahsulot, mahsulot partiyasi yoki seriyali ishlab chiqarishga (namunaviy vakilni sinash va ishlab chiqarishni tekshirish natijalari bo‘yicha) rasmiylashtiriladi. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati mahsulotning yaroqlilik muddatini hisobga olgan holda, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot uchun - uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga va bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakt) doirasida olib kiriladigan mahsulot uchun - bir kalendar yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi. Muvofiqlik sertifikati bir nomdagi tovarga yoxud o‘xshash tovarlar guruhiga beriladi va uning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududiga amalda olib kirilayotgan tovarning butun turkumiga, biroq muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan miqdordan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tatbiq etiladi.

Sertifikatlashtirish bo‘yicha rasmiy hujjat faqat quyidagilardan keyin beriladi:

  1. a) muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda
  2. b) sertifikatlashtirish talablarini bajarish;
  3. v) sertifikatlashtirish bo‘yicha bitim tuzish (imzolash).

Hujjatlarni tahlil qilish natijalari salbiy bo‘lganda sertifikat berishni rad etish sababi ko‘rsatiladi, "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO  ariza beruvchiga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lmagan sabablar ko‘rsatilgan holda dastlabki xulosa (qaror, rasmiy bildirishnoma (xat)) beradi. Agar mahsulotning chetga chiqishlar belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha qayta tekshirilishi mahsulotning NXda reglamentlangan tekshirilayotgan parametrlarga muvofiqligini tasdiqlasa, muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida qaror chiqariladi va muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.

Mahsulot qonun hujjatlari talablariga, texnik reglamentlarga, normativ hujjatlarning majburiy talablariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO  ikki kun muddatda ariza beruvchiga, Agentlikka, Soliq qo‘mitasiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga qaror qabul qilingan kunda (to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki elektron pochta yoki tegishli elektron tizim orqali) tovarning nomuvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani rasmiy ravishda taqdim etadi, bu sifatsiz va odamlar hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfining oldini olish imkonini beradi.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi iste’molchilarning sertifikatlashtirilgan mahsulotga nisbatan shikoyat va e’tirozlari kelib tushganda, shuningdek mahsulotni davriy tekshirish natijalari salbiy bo‘lganda sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida tegishli choralar ko‘rish haqida qaror qabul qiladi.

Tegishli chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

- nomuvofiqliklarni bartaraf etish maqsadida sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish

mahsulot turlari;

- buyurtmachi tomonidan ushbu Qoidalarning nomuvofiqliklarni bartaraf etish;

- sertifikatlashtirishning amal qilishini bekor qilish.

Ilgari berilgan muvofiqlik sertifikatlarini to‘xtatib turish, bekor qilish tartibi 6 5.1

Muvofiqlik sertifikatiga o‘zgartirishlar kiritish.

Ariza beruvchi mahsulotning muvofiqlik sertifikatiga va (yoki) uning ilovasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lgan hujjatlarni ilova qilgan holda mahsulotning muvofiqlik sertifikatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO ga yozma shaklda murojaat qiladi.

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO muvofiqlik sertifikatiga va (yoki) uning ilovasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lgan ariza va hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda mahsulotning muvofiqlik sertifikatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va uni ariza beruvchiga (bevosita yoki elektron pochta orqali) yuboradi.

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO ariza olingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida mahsulotning muvofiqlik sertifikatiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi. Mahsulotning muvofiqlik sertifikati berilgan seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulotning konstruksiyasiga yoki uni ishlab chiqarish (tayyorlash) texnologiyasiga mahsulotning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, ariza beruvchi bunday mahsulotni muomalaga chiqarishdan 30 kun oldin bu haqda ""SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSOni yozma shaklda (mahsulot konstruksiyasiga yoki uni ishlab chiqarish (tayyorlash) texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda) xabardor qiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan bildirishnoma olingan sanadan boshlab 10 ish kuni mobaynida ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish asosida "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO sertifikatlashtirilgan mahsulotni rejadan tashqari davriy baholash, ushbu mahsulot ishlab chiqarilishini yangi sinovdan o‘tkazish yoki tekshirish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, ariza beruvchi va mahsulotni sertifikatlashtirish organi o‘rtasida bunday ishlarni o‘tkazish uchun shartnoma tuziladi (ilgari tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda). "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSOning qarori ariza beruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri beriladi yoki elektron pochta orqali yuboriladi.

Agar "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO mahsulot va (yoki) ishlab chiqarish namunalarini (sinovlarini) baholash uchun sinovlar va o‘lchashlar o‘tkazish zarurati yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qilsa, u holda faqat ariza beruvchi tomonidan bunday qaror olingandan keyin konstruksiyasiga yoki ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritilgan mahsulotni muomalaga chiqarishga yo‘l qo‘yiladi. Normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik sinovlari o‘tkazilgandan va mahsulotning xavfsizlik talablariga, shuningdek asosiy parametrlar va tavsiflarga muvofiqligi tasdiqlangandan so‘ng, "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO mahsulotning talablarga, normativ hujjatlarga muvofiqligi (nomuvofiqligi) to‘g‘risida qaror (ixtiyoriy shakl) qabul qiladi, u ariza beruvchiga bevosita yoki elektron pochta orqali topshiriladi). Mahsulotning talablarga, me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarorda mahsulotni sertifikatlashtirish organi mahsulotni amaldagi muvofiqlik sertifikati asosida muomalaga chiqarish mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qiladi.

Mahsulotning normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi qarorda "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO  mahsulotning amaldagi muvofiqlik sertifikati asosida muomalaga chiqarish mumkin emasligi to‘g‘risida ma’lum qiladi va ushbu sertifikatning amal qilishini ariza beruvchi tomonidan "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO bilan kelishilgan muddatlarda tuzatish tadbirlari o‘tkazilguniga qadar to‘xtatib turadi.

Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda tuzatish choralarini ko‘rmasa, ""SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO mahsulotning muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qaror ariza beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki elektron pochta orqali yuboriladi.

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO tegishli ma’lumotlarni mahsulotning muvofiqlik sertifikatiga "Muvofiqlik sertifikatiga o‘zgartirish" shaklida rasmiylashtiradi. Muvofiqlik sertifikatiga kiritilgan o‘zgartirish muvofiqlik sertifikatiga kiritilgan o‘zgartirishlar, blanka raqami, davlat reyestri raqami, o‘zgartirishlar kiritilgan sana ko‘rsatilgan holda alohida varaqda rasmiylashtiriladi.

Muvofiqlik sertifikatining tarqalish sohasini kengaytirish.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish sohasini kengaytirish seriyali ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishda sertifikatlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqaruvchining (yetkazib beruvchining, ishlab chiqaruvchi vakilining) arizasi asosida qo‘shimcha ravishda talabnoma berilgan mahsulotga nisbatan sertifikatlashtirishning barcha tartiboti o‘tkazilgandan so‘ng amalga oshiriladi (namuna-o‘lcham qatorini kengaytirish, yangi modellar va shu kabilar).

Sertifikatning tarqalish sohasini kengaytirishda "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM  muvofiqlik sertifikati berilgan mahsulotga nisbatan ilgari o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarini hisobga olish yoki sertifikatlangan mahsulotni rejadan tashqari davriy baholash, qo‘shimcha ravishda talabnoma berilgan mahsulotni sinash huquqiga ega. Muvofiqlik sertifikatining tarqalish sohasi kengaytirilganda tegishli ma’lumotlar mahsulotning muvofiqlik sertifikatiga qo‘shimcha sifatida kiritiladi. "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO  elektron dasturida o‘zgartirishlar kiritilgan muvofiqlik sertifikatiga "o‘zgartirilgan" belgisini qo‘yadi.

Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotning konstruksiyasiga (tarkibiga) yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga sertifikatlashtirishda yoki mahsulotga doir normativ hujjatda tasdiqlanadigan mahsulot parametrlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Ariza beruvchi bu haqda "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO  rasman xabardor qilishi shart."Sanoat Xavfsizligi" DM MSO  tuzatish tadbirlarini (shu jumladan, navbatdan tashqari inspeksiya nazoratini, yangi sinovlarni yoki ushbu mahsulot ishlab chiqarilishini tekshirishni) o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqlik sinovlari o‘tkazilgandan va mahsulotning xavfsizlik talablariga, shuningdek asosiy parametrlar va xususiyatlarga muvofiqligi tasdiqlangandan so‘ng, sertifikatga "Muvofiqlik sertifikatiga qo‘shimcha (qo‘shimcha kiritilgan sana ko‘rsatiladi) " taqdim etiladi.

Muvofiqlik sertifikatiga qo‘shimcha muvofiqlik sertifikatiga kiritilgan o‘zgartirishlar, blanka raqami, davlat reyestri raqami, qo‘shimchalar kiritilgan sana ko‘rsatilgan holda alohida varaqda rasmiylashtiriladi. Qo‘shimcha Sertifikatlashtirish organi rahbari va ekspert tomonidan imzolanadi. To‘ldirilgan yoki o‘zgartirilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati o‘zgarishsiz qoladi. Muvofiqlik sertifikatining tarqalish sohasi kengaytirilganda bu haqdagi ma’lumotlar belgilangan tartibda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etiladi.

        Muvofiqlik sertifikatining tarqalish sohasini qisqartirish

         Muvofiqlik sertifikatining tarqalish sohasini qisqartirish muvofiqlik sertifikati berilgan mahsulot nomenklaturasining bir qismiga (modeli, tip o‘lchami) nisbatan sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra, shuningdek muvofiqlik sertifikati egasining tashabbusi bilan amalga oshirilishi mumkin. Muvofiqlik sertifikatining tarqalish sohasi qisqarishiga tanlab olingan mahsulot namunalari sinovlarining salbiy natijalari, qoniqarsiz metrologik ta’minot, konstruktorlik (me’yoriy, texnologik) hujjatlarning yo‘qligi va shu kabilar sabab bo‘lishi mumkin. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish sohasini qisqartirish to‘g‘risidagi ma’lumot muvofiqlik sertifikatiga muvofiqlik sertifikatining amal qilish sohasini kengaytirishga o‘xshash "Muvofiqlik sertifikatiga qo‘shimcha (qo‘shimcha kiritilgan sana ko‘rsatiladi) " shaklida kiritiladi. Sohasi qisqartirilayotgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati o‘zgarishsiz qoladi.

Muvofiqlik sertifikatining tarqalish sohasi qisqartirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish

Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib qo‘yish sertifikatlashtirish ishlarini olib borishda tuzatuvchi chora hisoblanadi. Quyidagilar muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi:

  1. a) agar mahsulot odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, mol-mulkiga, atrof-muhitga, hayvonlar va (yoki) o‘simliklar xavfsizligiga tahdid solishi aniqlansa;
  2. b) mahsulot texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lmasa;
  3. v) sertifikatlashtirilgan mahsulotni davriy baholashning salbiy natijalari mavjud bo‘lsa;
  4. g) ariza beruvchi sertifikatlashtirilgan mahsulotni davriy baholashdan bosh tortsa;
  5. d) mahsulotning konstruksiyasiga yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga xavfsizlik ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritilganda, ariza beruvchi bunday o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni (konstruktorlik hujjatlari, sxemalar, spetsifikatsiyalar) ilova qilgan holda mahsulotning muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirgan MSO mahsulot muomalaga kiritilishidan oldin yozma ravishda xabardor qilmasa;
  6. e) ariza beruvchining yozma arizasi mavjud bo‘lsa;
  7. j) ariza beruvchida menejment tizimining amaldagi muvofiqlik sertifikati bo‘lmasa (sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilgan hollarda);
  8. z) uning amal qilishi Agentlikning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi tomonidan to‘xtatib turilsa.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO  Qarori asosida amalga oshiriladi. Mahsulotning muvofiqlik sertifikati amal qilishini kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish davrida to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror, agar ariza beruvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf eta olsa va mahsulotning texnik reglament talablariga muvofiqligini tuzatish harakatlari orqali tasdiqlay olsa, qabul qilinadi. Agar buning iloji bo‘lmasa, mahsulotning muvofiqlik sertifikatining amal qilishi to‘xtatiladi.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi qisman yoki to‘liq to‘xtatilishi mumkin. Bunda Muvofiqlik belgisini qo‘yish muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tiklangunga qadar avtomatik ravishda to‘xtatiladi.

Agentlik qonun hujjatlari normalari buzilganligi uchun mahsulotning muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish huquqiga ega.

"Sanoat Xavfsizligi" DM MSO  mahsulotga muvofiqlik sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilgan taqdirda:

  1. a) mahsulotning muvofiqlik sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va muvofiqlik belgisidan foydalanishni vaqtincha taqiqlaydi;
  2. b) mahsulotning muvofiqlik sertifikati amal qilishi to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritadi;
  3. v) ariza beruvchi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish muddatini belgilaydi;
  4. g) ariza beruvchi tomonidan tuzatish chora-tadbirlari bajarilishini nazorat qiladi.

Mahsulotning muvofiqlik sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilganda ariza beruvchi:

  1. a) texnik reglamentlar talablariga muvofiq bo‘lmagan mahsulotlarni aniqlaydi va miqdorini belgilaydi;
  2. b) aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuzatish tadbirlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
  3. v) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahsulotdan foydalanish xavfi to‘g‘risida iste’molchilarni xabardor qiladi;
  4. g) amalga oshirilgan tuzatish harakatlari to‘g‘risida "Sanoat Xavfsizligi" DM MSOni yozma ravishda xabardor qiladi.

Ariza beruvchi tomonidan tuzatish harakatlari bajarilgandan so‘ng "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO:

  1. a) mahsulotning muvofiqlik sertifikati amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi va muvofiqlik belgisidan foydalanishga ruxsat beradi;
  2. b) mahsulotning muvofiqlik sertifikati amal qilishi tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat reyestriga kiritadi.

Agar ariza beruvchi aniqlangan kamchiliklarni va ularning sabablarini bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa hamda mahsulotdan foydalanish xavfi mavjud bo‘lsa, "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO  muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatish (bekor qilish)

Muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:

  1. a) mahsulot insonlar hayoti va (yoki) salomatligiga, mol-mulkka, atrof-muhitga, hayvonot va (yoki) o‘simlik dunyosiga xavf tug‘dirishi aniqlanganda;
  2. b) takroriy baholashda mahsulotning texnik reglament talablariga mos emasligi tasdiqlanganda;
  3. v) sertifikatlangan mahsulotni davriy baholashning salbiy natijalari qayta tasdiqlanganda;
  4. g) mahsulotning tuzilishi (tarkibi) yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga, sertifikatlashtirish paytida tasdiqlanadigan xavfsizlik ko‘rsatkichlariga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritilganda, agar ariza beruvchi bunday mahsulotni "Sanoat Xavfsizligi" DM MSOga o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlar (konstruktorlik hujjatlari, sxemalar, spetsifikatsiyalar) bilan yozma xabar bermasdan sotganligi ma’lum bo‘lsa;
  5. d) ariza beruvchining yozma murojaati mavjud bo‘lganda;
  6. e) ariza beruvchining amaldagi menejment tizimi muvofiqlik sertifikatining muddati uzaytirilmaganda (sertifikatlashtirish sxemasida ko‘zda tutilgan hollarda);
  7. yo) ariza beruvchi va (yoki) ishlab chiqaruvchi tashkilotning faoliyati to‘xtatilganda yoxud ariza beruvchining tashabbusi bilan mahsulot turkumini ishlab chiqarish to‘xtatilganda;
  8. j) mahsulotga qo‘llaniladigan texnik reglamentning amal qilishi o‘zgartirilganda to‘xtatilsa yoki bekor qilinsa;
  9. z) Agentlikning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO tomonidan sertifikatning amal qilishini bekor qilish haqida asosli taklif kiritilganda.

Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning muvofiqlik sertifikati amal qilishini to‘xtatish (tiklash) yoki tugatish ariza beruvchining tashabbusi bilan amalga oshirilsa, ariza beruvchi "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO ga ariza (sabablarini ko‘rsatgan holda) topshiradi.

Ariza bilan birga mahsulotning muvofiqlik sertifikati va uning amal qilishini to‘xtatish (tiklash) yoki tugatish uchun asos bo‘luvchi hujjatlar taqdim etiladi.

"Sanoat Xavfsizligi" DM MSO  berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatish (tiklash) yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

"Sanoat Xavfsizligi" DM MSO davlat reyestriga mahsulotning muvofiqlik sertifikati amal qilishini to‘xtatish (tiklash) yoki tugatish haqidagi tegishli yozuvni kiritadi.

Mahsulotning muvofiqlik sertifikatining amal qilishi tegishli ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilgan kundan boshlab to‘xtatiladi (tiklanadi) yoki tugatiladi.

Agar mahsulotning muvofiqlik sertifikati egasi amal qilishi to‘xtatilgan muvofiqlik sertifikatini tiklashni so‘rasa, OSP sertifikatlangan mahsulotni davriy baholash o‘tkazilganidan so‘ng muvofiqlik sertifikatini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotni sertifikatlashtirish sxemalari bo‘yicha sertifikatlashtirish ishlarini o‘tkazishda seriyali ishlab chiqarish uchun berilgan muvofiqlik sertifikati asosida va belgilangan sertifikatlashtirish sxemasini hisobga olgan holda ariza beruvchi bilan mahsulotning davriy baholanishini o‘tkazish tartibi ko‘rsatilgan bitim tuziladi.

Mahsulotni rejali tartibda davriy baholash davriyligi muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini berish to‘g‘risidagi bitimda quyidagilar hisobga olingan holda belgilanadi:

- aniq mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari;

-sertifikatlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va davomiyligi;

- sifat tizimi yoki ishlab chiqarish uchun sertifikat, shuningdek ishlab chiqarishning barqarorligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yoki dalolatnomalarning mavjudligi;

- ishlab chiqarishni dastlabki tekshirish va baholash natijalari;

- ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash sohasida ishlab chiqaruvchining obro‘si, biroq yiliga kamida bir marta.

Mahsulotning rejadan tashqari davriy tekshiruvi sertifikatlangan mahsulot iste’molchilaridan jiddiy nomuvofiqliklar aniqlanganligining aniq asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan faktlari, sertifikatlangan mahsulotning NX talablariga nomuvofiqligi faktlaridan dalolat beruvchi boshqa har qanday axborot to‘g‘risida shikoyat va e’tirozlar tushganda, shuningdek mahsulotga doir normativ hujjat, ishlab chiqarishning texnologik jarayoni, muvofiqlikni qo‘shimcha baholash talab etiladigan boshqa sabablar o‘zgarganda o‘tkaziladi. Seriyali ishlab chiqariladigan mahsulotning konstruksiyasiga (tarkibiga) yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasiga sertifikatlashtirishda tasdiqlanadigan mahsulot parametrlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritilganda, Ariza beruvchi bu haqda "Sanoat xavfsizligi" DM MSOni rasman xabardor qilishi shart. "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO tuzatish tadbirlarini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi (shu jumladan mahsulotni navbatdan tashqari davriy baholash, yangi sinovlar yoki ushbu mahsulot ishlab chiqarilishini tekshirish).

Sertifikatlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarishda qoidabuzarliklar yoki bitimning bajarilishi buzilganligi aniqlangan taqdirda "Sanoat Xavfsizligi" DM MSO berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga yoki uni bekor qilishga haqlidir.

Ushbu bo‘limning qoidalari mahsulotlarni sertifikatlashtirishda, agar sertifikatlashtirish sxemasi ishlab chiqarishni baholashni va ishlab chiqarish sharoitlarini tekshirishni nazarda tutsa, qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish holatini tekshirishda quyidagilar tahlil qilinadi:

  1. A) Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga oid me’yoriy, konstruktorlik va texnologik hujjatlarning mavjudligi, ularning amal qilish muddatlari, qabul qilingan o‘zgartirishlarning o‘z vaqtida kiritilganligi, texnologik hujjatlarning hajmi va to‘liqligi, ularning konstruktorlik va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
  2. B) Laboratoriyaning mavjudligi va holati yoki xomashyo va tayyor mahsulot sifatini nazorat qiluvchi laboratoriya bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi (sinov uskunalarini saqlash uchun xonalarning mavjudligi va holati, laboratoriyaning me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan hajmda qabul qilish-topshirish va davriy sinovlarni o‘tkazish uchun sinov uskunalari va o‘lchash vositalari bilan ta’minlanganligi, mahsulotni nazorat qiluvchi mutaxassislarning mavjudligi);
  3. C) Mahsulot ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarning texnologik uskunalar va o‘lchash vositalari bilan jihozlanganligi hamda ularning holati (ishlab chiqarishga ruxsatnoma mavjudligi (agar bu me’yoriy hujjatlar talablari bilan tartibga solingan bo‘lsa), ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti);
  4. D) Mahsulot ishlab chiqarishda texnologik rejimlarga rioya qilinishi (xomashyo, materiallar, butlovchi qismlarning kirish nazorati, kiruvchi materiallar va butlovchi qismlar uchun sertifikatlarning mavjudligi, texnologik intizomga rioya qilinishi (bajariladigan operatsiyalar ketma-ketligiga amal qilish), korxonada sifatni boshqarish tizimi yoki sifatni boshqarish xizmati elementlarining mavjudligi, mahsulotga nisbatan e’tirozlarning mavjudligi);
  5. E) Ishlab chiqarish va nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislarning mavjudligi va malakasi (malakali xodimlar bilan ta’minlanganlik, texnologik ahamiyatga ega operatsiyalarni bajaruvchi xodimlarning bilimlarini davriy tekshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
  6. F) Mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarishni qayta sertifikatlashtirishda "Sanoat Xavfsizligi" DM Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi qisqartirilgan tartibda ishlab chiqarishni qayta tekshiruvdan o‘tkazishi mumkin. Qisqartirish darajasi har bir alohida holatda "Sanoat Xavfsizligi" DM tomonidan belgilanadi va tekshiruv dalolatnomasida ko‘rsatiladi;
  7. G) Sanitar-gigiyenik xulosaning mavjudligi.

"Sanoat Xavfsizligi" DM OSP, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, boshqa mamlakatlardan keladigan mahsulotlar uchun, muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni va sinov protokollarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi xalqaro bitim mavjud bo‘lgan taqdirda tan oladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktyabrdagi 292-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu ilovada O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va sinov protokollarini beruvchi davlatlar ro‘yxati keltirilgan. Boshqa mamlakatlarning muvofiqlik sertifikatlarini tan olish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktyabrdagi 292-son qaroriga 2-ilovaga va 36-2001-son PMG talablariga muvofiq belgilanadi.  

Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik deklaratsiyasi O‘zbekiston Milliy Sertifikatlash Tizimida belgilangan talablarga mos keladigan mahsulotlar uchun tan olinadi. Eksport qiluvchi mamlakatning Milliy sertifikatlash tizimida berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish, uni O‘zbekiston Milliy Sertifikatlash Tizimida belgilangan namuna bo‘yicha qayta rasmiylashtirish va muvofiqlik sertifikatlarining davlat reyestriga kiritish orqali amalga oshiriladi.

Muvofiqlik sertifikatini tan olish jarayonida, "Sanoat Xavfsizligi" Davlat Unitar Korxonasining Organi mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun to‘liq hajmda yoki ayrim xususiyatlar bo‘yicha tanlab qayta (qo‘shimcha) sinovlar o‘tkazishi mumkin.  Tan olinadigan muvofiqlik sertifikatiga ega mahsulot standartlarida qo‘shimcha yoki farqli majburiy talablar mavjud bo‘lsa, mahsulot ushbu talablarga muvofiqligi yuzasidan qo‘shimcha sinovlardan o‘tkazilishi shart.

Sertifikatni tan olish uchun Ariza beruvchi "Sanoat Xavfsizligi" Davlat Muassasasining mahsulotlarni sertifikatlashtirish organiga belgilangan shaklda ariza yuboradi.  Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak: tan olinadigan hujjatning asl nusxasi yoki uning tasdiqlangan nusxasi (sertifikat nusxasi notarius tomonidan yoxud sertifikat asl nusxasi egasi, ishlab chiqaruvchining rasmiy vakili yoki sertifikatni bergan organ muhri bilan tasdiqlanishi mumkin), mahsulotga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjat nusxasi (agar me’yoriy hujjat xalqaro va/yoki davlatlararo standartlar toifasiga kirmasa yoki me’yoriy hujjatlarning davlat fondida mavjud bo‘lmasa), O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi sanitariya-gigiyena, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud bo‘lgan taqdirda, tegishli xulosalar yoki ekologik ekspertiza nusxasi (agar tan olinadigan hujjatda bunday ekspertizalar o‘tkazilgani haqida ma’lumot bo‘lmasa), O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan tovar kuzatuv hujjati nusxasi (transport yuk xati, invoys, hisob-faktura). Zarurat tug‘ilganda, Ariza beruvchi O‘zbekiston Milliy Sertifikatlash Tizimida qabul qilingan standartning qo‘shimcha talablariga muvofiqlik sinovi bayonnomasining nusxasini ham taqdim etadi.

Muvofiqlik deklaratsiyasini tan olish uchun arizaga qo‘shimcha ravishda ishlab chiqaruvchi tashkilotda barqaror sifatli mahsulot chiqarish uchun sharoitlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: zavod yoki akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan mahsulot sinovlarining so‘nggi bayonnomalari nusxalari (sinovlar davriyligiga rioya etilganligi isboti bilan), xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar sinovlari bayonnomalari, mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat menejmenti tizimi sertifikati.

"Sanoat Xavfsizligi" DM olingan hujjatlarni va ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligini tahlil qilish, shuningdek mahsulotni tovar kuzatuv hujjatlari, spetsifikatsiyasi va markirovkasiga muvofiqligini tasdiqlash uchun yetarli bo‘lgan belgilar, parametrlar, ko‘rsatkichlar bo‘yicha identifikatsiyalash asosida ikki ish kuni davomida arizani ko‘rib chiqadi va bir ish kuni ichida muvofiqlik sertifikatini tan olish (tan olmaslik), qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki tan olishni asosli ravishda rad etadi.

Agar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida berilgan va seriyali ishlab chiqarishga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagan, ammo mahsulot uning amal qilish davrida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, mazkur sertifikat tan olish uchun taqdim etilishi mumkin.

Muvofiqlik sertifikati muayyan mahsulotga normativ hujjatda ko‘rsatilgan yaroqlilik (saqlash) muddatiga beriladi. Normativ hujjatda yaroqlilik (saqlash) muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, muvofiqlik sertifikati muddatsiz beriladi.

Xorijiy mamlakatlarning akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar to‘g‘risidagi bayonnomalar yoki sinov natijalari haqidagi shunga o‘xshash hujjatlar tan olinishi lozim.

Sinov bayonnomalari, agar ariza beruvchida ushbu hujjatlarning asl nusxalari yoki ularning sinovlarni o‘tkazgan xorijiy sinov laboratoriyasi, sinov bayonnomalarining asl nusxasi saqlovchisi bo‘lgan tashkilot yoxud notarius muhri bilan tasdiqlangan nusxalari mavjud bo‘lsa, tan olinadi.

Sinov bayonnomalarini tan olishda bayonnomada keltirilgan talablar va sinov natijalarining O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida talablariga muvofiq sinovlar o‘tkazilgan normativ hujjat mavjud bo‘lmasa, ariza beruvchi ushbu normativ hujjatning nusxasini taqdim etadi, shundan so‘ng sertifikatlashtirish organi normativ hujjatning barcha majburiy talablari mavjudligi va ularga muvofiqligi bo‘yicha natijalarni tahlil qiladi.

Tahlil natijalariga ko‘ra sertifikatlashtirish organi sinov bayonnomasini sertifikatlashtirishda hisobga oladi yoki bir ish kuni ichida ariza beruvchiga bayonnomani tan olishni rad etishning asosli sabablarini ko‘rsatgan holda xat yuboradi.

Muvofiqlik sertifikatini yoki sinov bayonnomasini tan olish maqsadida taqdim etiladigan hujjatlar davlat tilida yoki rus tilida bo‘lishi kerak. Agar ular boshqa tillarda yozilgan bo‘lsa, hujjatlarga asl nusxaga mos tarjima ilova qilinadi, uning to‘g‘riligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.        

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO  taqdim etuvchilardan tushgan shikoyat va apellatsiyalarni belgilangan shaklda "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSOning apellatsiyalarni va apellatsiyalar bo‘yicha qarorlarni ro‘yxatga olish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda apellatsiya shikoyati olinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani elektron pochta orqali yuboradi.

Shikoyat yoki apellyatsiyani dastlabki ko‘rib chiqishni "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO rahbari amalga oshiradi va uning asosliligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi - u sertifikatlashtirish organi mas’ul bo‘lgan sertifikatlashtirish faoliyatiga taalluqli yoki taalluqli emasligi to‘g‘risida. Agar shikoyat, apellatsiya asoslantirilmagan bo‘lsa, MSO rahbari rad etish xatini tayyorlaydi va arizachiga (shikoyat yoki apellatsiya bergan shaxsga) yuboradi. Agar shikoyat sertifikatlangan buyurtmachiga taalluqli bo‘lsa, u holda xizmat ko‘rsatuvchi shaxs uch kun mobaynida sertifikat egasiga unga taalluqli shikoyatni, apellatsiyani topshiradi.

MSO  rahbari uch kun muddatda apellatsiya komissiyasi raisini tayinlaydi, u komissiyani tashkil etish va apellatsiya tartib-taomiliga rioya qilish, shikoyat yoki apellatsiyaning asosliligini baholash va ularni tekshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va tekshirish uchun mas’ul hisoblanadi.

Apellatsiya komissiyasining raisi shikoyat yoki apellatsiya berish sabablari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan kamida to‘rt kishidan iborat tarkibda besh kun ichida apellatsiya komissiyasining tarkibini belgilaydi.

Ariza beruvchi shikoyat yoki apellatsiyalarni ko‘rib chiqishda hamrohlik qilish uchun o‘z xodimini tayinlash va uni MSO  rahbariga taqdim etish huquqiga ham ega.

Apellatsiya komissiyasi shikoyat, apellatsiya olingan kundan e’tiboran 4 haftagacha bo‘lgan muddatda axborot to‘playdi va shikoyatni, apellatsiyani tekshiradi hamda ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan xulosa tayyorlaydi.

Komissiya a’zolari o‘z fikrini o‘n besh kunlik muddatda xabar qilishi shart, shikoyat, apellatsiya ko‘rib chiqilishining borishi to‘g‘risida taqdim etuvchiga elektron pochta orqali qisqacha oraliq hisobot taqdim etilishi mumkin. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, qarorni rais qabul qiladi.

"SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO  rahbari taqdim etilgan xulosa va taqdim etuvchining materiallari asosida shikoyat, apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarorni (xatni) 2 nusxada rasmiylashtiradi.

Qaror u tayinlanganidan keyin bir oydan kechiktirmay chiqarilishi kerak. Hal qiluv qarorining (xatning) bir nusxasi shikoyat, apellatsiya bergan taqdim etuvchiga yuboriladi.

Agar ikki hafta ichida e’tirozlar bo‘lmasa, qaror qabul qilingan hisoblanadi.

Nizolashuvchi tomonlardan biri "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO  apellyatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, apellyatsiya beruvchi 15 kun ichida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega.

Shikoyatlarni, apellatsiyalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO  tomonidan tegishli tuzatishlar va tuzatish harakatlari amalga oshiriladi hamda ularning natijadorligi baholanadi.

Tuzatish harakatlarining bajarilishini nazorat qilishni "SANOAT XAVFSIZLIGI" DM MSO rahbari amalga oshiradi.

Shikoyatlar, apellyatsiyalar va ularni hal etish bo‘yicha materiallar, shuningdek tuzatish harakatlari va ularning natijadorligini baholash bo‘yicha materiallar 3 yil mobaynida saqlanadi.

Sertifikatlashtirish organi sertifikatlashtirish sxemasida belgilangan tartibda sertifikatlar va muvofiqlik belgilariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni taqdim etish huquqlarini, shuningdek mahsulot sertifikatlashtirilganligini ko‘rsatuvchi boshqa har qanday usullarni boshqarishni amalga oshirishi lozim.

Agar hujjatlarda yoki biror nashrda sertifikatlashtirish sxemasiga noto‘g‘ri havolalar yoxud sertifikatlar, belgilar yoki sertifikatlangan mahsulotni ifodalashning boshqa usullaridan noqonuniy foydalanish aniqlansa, tegishli choralar ko‘rilishi shart.

Tanlangan sertifikatlashtirish sxemasiga ko‘ra, muvofiqlik sertifikati yakka mahsulotga, mahsulot partiyasiga yoki seriyali ishlab chiqarishga (namunaviy vakilni sinash va ishlab chiqarishni tekshirish natijalari asosida) rasmiylashtiriladi. Mahsulotni seriyali ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishda muvofiqlik belgisi qo‘yiladigan joy aniqlanadi va tekshirish dalolatnomasida yoki muvofiqlik sertifikatining "muvofiqlik belgisi qo‘yiladi" ustunida ko‘rsatiladi. Muvofiqlik belgisining shakli, o‘lchamlari va texnik talablari O‘z DSt 1.19:2000 bilan belgilangan. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati mahsulotning yaroqlilik muddatini hisobga olgan holda, seriyali ishlab chiqariladigan mahsulot uchun uch yilgacha va bitta tashqi savdo shartnomasi (kontrakt) doirasida olib kiriladigan mahsulot uchun bir kalendar yilgacha belgilanadi.