Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasining «Sanoat xavfsizligi» Davlat unitar korxonasi ekspertlik tashkiloti, sanoat xavfsizligi sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatadi va quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
- Sanoat xavfsizligi loyihaviy hujjatlarining ekspertizasi;
- Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish;
- Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarining ekspertizasi;
- Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan texnik vositalarni ekspertizadan o‘tkazish;
- Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini aniqlash.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi bo‘limining akkreditatsiya sohasiga muvofiq.
Ekspertiza bo‘yicha ishlashdagi asosiy jarayonlari quyidagilar hisoblanadi:
- tashqi va ichki meʼyoriy hujjatlarni boshqarish;
- qaydnomalarni boshqarish;
- sanoat xavfsizligi ekspertizasi (loyiha hujjatlarini ekspertizasi; xavfli ishlab chiqarish obyektlarini deklaratsiyasi; identifikatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish; xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik vositalar, bino va inshootlar ekspertizasi), shu jumladan arizalarni tahlil qilish, taqdim etilgan hujjatlarni baholash, sonvlarni tashkil etish va o‘tkazish (agar zarur bo‘lgan xolatlarda); barcha zaruriy yo‘riqnomalarning mavjudligi, xodimlar malakasini baholash, ekspert xulosalarini rasmiylashtirish va berish;
- akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
- akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari bilan o‘zaro hamkorlik;
- kelgusida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va korrektirovka ishlarini bajarish uchun ichki audit o‘tkazish;
- ekspertiza bo‘yicha ish natijalarini nazorat qilish;
- kadrlarni o‘qitish va attestatsiyadan o‘tkazish;
- Ekspertiza tashkiloti (ET) va uning sifatni boshqarish tizimi (SMK) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
- apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish.