Sanoat xavfsizligi ekspertizasi

Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasining «Sanoat xavfsizligi» Davlat unitar korxonasi ekspertlik tashkiloti, sanoat xavfsizligi sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatadi va quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:

  • Sanoat xavfsizligi loyihaviy hujjatlarining ekspertizasi;
  • Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish;
  • Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarining ekspertizasi;
  • Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan texnik vositalarni ekspertizadan o‘tkazish;
  • Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini aniqlash.

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi bo‘limining akkreditatsiya sohasiga muvofiq.

Ekspertiza bo‘yicha ishlashdagi asosiy jarayonlari quyidagilar hisoblanadi:

  • tashqi va ichki meʼyoriy hujjatlarni boshqarish;
  • qaydnomalarni boshqarish;
  • sanoat xavfsizligi ekspertizasi (loyiha hujjatlarini ekspertizasi; xavfli ishlab chiqarish obyektlarini deklaratsiyasi; identifikatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish; xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik vositalar, bino va inshootlar ekspertizasi), shu jumladan arizalarni tahlil qilish, taqdim etilgan hujjatlarni baholash, sonvlarni tashkil etish va o‘tkazish (agar zarur bo‘lgan xolatlarda); barcha zaruriy yo‘riqnomalarning mavjudligi, xodimlar malakasini baholash, ekspert xulosalarini rasmiylashtirish va berish;
  • akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
  • akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari bilan o‘zaro hamkorlik;
  • kelgusida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va korrektirovka ishlarini bajarish uchun ichki audit o‘tkazish;
  • ekspertiza bo‘yicha ish natijalarini nazorat qilish;
  • kadrlarni o‘qitish va attestatsiyadan o‘tkazish;
  • Ekspertiza tashkiloti (ET) va uning sifatni boshqarish tizimi (SMK) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish.