Sertifikatlash sinovlari
Sinovlar:
Sinov obyekti tarkibini miqdoriy va (yoki) sifat xususiyatlarini, uning ishlab turgan paytida, unga taʼsir o‘tkazish natijasida, obyektni va (yoki) taʼsirni modellashtirish davomida eksperimental ravishda aniqlab olish.
Sinovlarning maqsadi:
Mahsulotlar muvofiqligiga ishonch hosil qilishni taʼminlash, sinov dasturining talablarini bajarish, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining haqiqiy qiymatlari to‘g‘risida obyektiv, ishonchli maʼlumotni olish.
Sertifikatlash sinovlari:
Barcha xususiyatlarining milliy va (yoki) xalqaro meʼyoriy-texnik hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida mahsulotni qayta nazorat sinovidan o‘tkazish.
Sinov bayonnomasi:
O‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan, sinov obyekti, qo‘llanilgan usullar, sinov vositalari va shartlari, sinov natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek, sinov natijalari bo‘yicha xulosani o‘z ichiga olgan hujjat.
Akkreditatsiya sohasi:
Mavjudligi:
-
markirovkalar;
-
ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hujjatlar;
-
ruxsat beruvchi hujjatlar;
-
mahsulotni va uning tarkibiy qismlarini yig‘ish va qismlarga ajratish imkoniyati;
-
tozalash va reviziya uchun imkoniyatlarni mavjudligi;
-
o‘lchash joylariga o‘tish uchun qulay imkoniyatlarning mavjudligi;
-
uskunaning barcha mexanizmlarini ko‘rib chiqish uchun imkoniyatning mavjudligi;
-
xavfsiz ravishda kuzatish imkoniyatlari;
-
tozalash va reviziyadan o‘tkazish imkoniyatlari;
-
issiqlik izolyatsiyasi;
Himoya vositalari va to‘siqlar:
-
germetikligi;
-
Gaz o‘tkazmasligi bo‘yicha zichlanganligi;
-
tegib turuvchi yuzalarni tutashganligi;
-
himoya qoplamasi;
-
ogohlantiruvchi ranglar;
-
ko‘rsatkichlar;
-
qadoqlar;
-
to‘plam qilinganligi;
-
yerga ulash, nollash;
-
stroplar uchun joy;
-
zarbalar paytida uchqun paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan materiallar va o‘z-o‘zidan yonuvchi materiallar;
-
cheklovchi tirkamalar;
-
ishlab chiqaruvchi-korxona tomonidan o‘tkazilgan sinovlar to‘g‘risidagi hujjatlar (tamg‘a) (sinov laboratoriyasi va boshqalar);
-
qulab ketishga qarshi qurilmalar;
-
elektr simlarini yog‘ingarchilik taʼsiridan himoya qilish;
-
shtutserlar, trubkalar, naychalar, qopqoqlar;
-
sovuqdan himoya qilish;
-
payvand choklari, butlovchi qismlar va butun mahsulotdagi nuqsonlar.
Mavjudligi va ishga yaroqliligi:
-
butun mahsulot va uning tarkibiy qismlari;
-
asboblar va boshqarish vositalari;
-
Xavfsizlik, yorug‘lik va (yoki) tovushli signalizatorlar qurilmalari va asboblari;
-
o‘lchov asboblari va o‘lchash vositalari;
-
avtomatika va boshqarish vositalar;
-
tambalash-boshqarish organlari va asboblari;
-
filtrlash qurilmalari;
-
yoritish asboblari;
-
zarur bloklaydigan, fiksatorlar;
-
operator va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ishlashi uchun normal, xavfsiz sharoitlar (va / yoki qurilmalar).
Belgilovchi (o‘lchaydigan) parametrlar (o‘lchovlar):
-
chiziqli va burchak parametrlari;
-
to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalganligini va tekisligini tekshirish;
-
shakli og‘ishlarini nazorati;
-
sirtini g‘adir-budurligini nazorat qilish;
-
urib turishi;
-
mahsulotning ishchi parametrlarini nazorat qilish;
-
massa;
-
kuchlanish;
-
sirt va (yoki) atrof-muhit harorati;
-
tutab chiqadigan gazlar tarkibi (ichidagi tarkibi) va harorati;
-
shovqin;
-
tebranish;
-
yoritilganligi
-
bosim;
-
qattiqlik;
-
shamol tezligi;
-
vaqt;
-
qarshiligi kattaligi;
-
elektr toki kuchi va elektr tarmog‘i kuchlanishi kattaligi;
-
havo namligi;
-
gaz isrofi;
-
hajm;
-
aylanish chastotasi;
-
ultratovushli qalinlik o‘lchovi;
-
ultratovushli defektoskopiya;
-
o‘lchov natijalari bo‘yicha hisoblangan parametrlar
O‘tkaziladigan sinov turlari:
-
statik va dinamik sinovlar;
-
410 kg•f/sm2 * gacha gidravlik sinovlar;
-
8,0 kg•f/sm2 * gacha pnevmatik sinovlar;
-
bardosh berish sinovlari (yuk ko‘tarish kranlari uchun);
-
izolyatsiyaning qarshiligi va mustahkamligi;
-
germetiklik;
-
mustahkamlik
* - bundan mustasno:
-
payvandlash ostidagi sanoat quvurlari vositalari;
-
Shartli ravishda o‘tadigan Du 300 mm dan ortiq gardishli sanoat quvurlari, sapkovali, muftali vositalar.