Sertifikatlash sinovlari

Sinovlar:

Sinov obyekti tarkibini miqdoriy va (yoki) sifat xususiyatlarini, uning ishlab turgan paytida, unga taʼsir o‘tkazish natijasida, obyektni va (yoki) taʼsirni modellashtirish davomida eksperimental ravishda aniqlab olish.

Sinovlarning maqsadi:

Mahsulotlar muvofiqligiga ishonch hosil qilishni taʼminlash, sinov dasturining talablarini bajarish, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining haqiqiy qiymatlari to‘g‘risida obyektiv, ishonchli maʼlumotni olish.

Sertifikatlash sinovlari:

Barcha  xususiyatlarining milliy va (yoki) xalqaro meʼyoriy-texnik hujjatlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida mahsulotni qayta nazorat sinovidan o‘tkazish.

Sinov bayonnomasi:

O‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan,  sinov obyekti, qo‘llanilgan usullar, sinov vositalari va shartlari, sinov natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek, sinov natijalari bo‘yicha xulosani o‘z ichiga olgan hujjat.

Akkreditatsiya sohasi:

Mavjudligi:

  • markirovkalar;

  • ekspluatatsiya qilish bo‘yicha hujjatlar;

  • ruxsat beruvchi hujjatlar;

  • mahsulotni va uning tarkibiy qismlarini yig‘ish va qismlarga ajratish imkoniyati;

  • tozalash va reviziya uchun imkoniyatlarni mavjudligi;

  • o‘lchash joylariga o‘tish uchun qulay imkoniyatlarning mavjudligi;

  • uskunaning barcha mexanizmlarini ko‘rib chiqish uchun imkoniyatning mavjudligi;

  • xavfsiz ravishda kuzatish imkoniyatlari;

  • tozalash va reviziyadan o‘tkazish imkoniyatlari;

  • issiqlik izolyatsiyasi;

Himoya vositalari va to‘siqlar:

  • germetikligi;

  • Gaz o‘tkazmasligi bo‘yicha zichlanganligi;

  • tegib turuvchi yuzalarni tutashganligi;

  • himoya qoplamasi;

  • ogohlantiruvchi ranglar;

  • ko‘rsatkichlar;

  • qadoqlar;

  • to‘plam qilinganligi;

  • yerga ulash, nollash;

  • stroplar uchun joy;

  • zarbalar paytida uchqun paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan materiallar va o‘z-o‘zidan yonuvchi materiallar;

  • cheklovchi tirkamalar;

  • ishlab chiqaruvchi-korxona tomonidan o‘tkazilgan sinovlar to‘g‘risidagi hujjatlar (tamg‘a) (sinov laboratoriyasi va boshqalar);

  • qulab ketishga qarshi qurilmalar;

  • elektr simlarini yog‘ingarchilik taʼsiridan himoya qilish;

  • shtutserlar, trubkalar, naychalar, qopqoqlar;

  • sovuqdan himoya qilish;

  • payvand choklaributlovchi qismlar va butun mahsulotdagi nuqsonlar.

Mavjudligi va ishga yaroqliligi:

  • butun mahsulot va uning tarkibiy qismlari;

  • asboblar va boshqarish vositalari;

  • Xavfsizlik, yorug‘lik va (yoki) tovushli signalizatorlar qurilmalari va asboblari;

  • o‘lchov asboblari va o‘lchash vositalari;

  • avtomatika va boshqarish vositalar;

  • tambalash-boshqarish organlari va asboblari;

  • filtrlash qurilmalari;

  • yoritish asboblari;

  • zarur bloklaydigan, fiksatorlar;

  • operator va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ishlashi uchun normal, xavfsiz sharoitlar (va / yoki qurilmalar).

Belgilovchi (o‘lchaydigan) parametrlar (o‘lchovlar):

  • chiziqli va burchak parametrlari;

  • to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalganligini va tekisligini tekshirish;

  • shakli og‘ishlarini nazorati;

  • sirtini g‘adir-budurligini nazorat qilish;

  • urib turishi;

  • mahsulotning ishchi parametrlarini nazorat qilish;

  • massa;

  • kuchlanish;

  • sirt va (yoki) atrof-muhit harorati;

  • tutab chiqadigan gazlar tarkibi (ichidagi tarkibi) va harorati;

  • shovqin;

  • tebranish;

  • yoritilganligi

  • bosim;

  • qattiqlik;

  • shamol tezligi;

  • vaqt;

  • qarshiligi kattaligi;

  • elektr toki kuchi va elektr tarmog‘i kuchlanishi kattaligi;

  • havo namligi;

  • gaz isrofi;

  • hajm;

  • aylanish chastotasi;

  • ultratovushli qalinlik o‘lchovi;

  • ultratovushli defektoskopiya;

  • o‘lchov natijalari bo‘yicha hisoblangan parametrlar 

O‘tkaziladigan sinov turlari:

  • statik va dinamik sinovlar;

  • 410 kg•f/sm2 * gacha gidravlik sinovlar;

  • 8,0 kg•f/sm2 * gacha pnevmatik sinovlar;

  • bardosh berish sinovlari (yuk ko‘tarish kranlari uchun);

  • izolyatsiyaning qarshiligi va mustahkamligi;

  • germetiklik;

  • mustahkamlik

* - bundan mustasno:

  • payvandlash ostidagi sanoat quvurlari vositalari;

  • Shartli ravishda o‘tadigan Du 300 mm dan ortiq gardishli sanoat quvurlari, sapkovali, muftali vositalar.