Muvofiqlashtirish — maslahat organi

«SANOAT XAVFSIZLIGI» Davlat unitar korxonasi, sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimining muvofiqlashtirish-maslahat organi hisoblanib, quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  • ekspertiza tizimidagi barcha ishtirokchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • ekspertiza va akkreditatsiya tizimida amal qiluvchi meʼyoriy hujjatlarni rasmiylashtirish va nashr etilishini tashkil qilish;
  • ekspert tashkilotlari faoliyati, ekspertiza tizimining meʼyoriy -uslubiy bazasi holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish;
  • sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertiza tizimining ishtirokchilari va aʼzolariga axborot bilan taʼminlashda ko‘maklashish;
  • manfaatdor tashkilotlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga sanoat xavfsizligi sohasida akkreditatsiyadan o‘tish qoidalari, tartibi va mezonlari bo‘yicha maslahatlar berish;
  • sanoat xavfsizligi bo‘yicha Idoralararo kengashga, ekspertiza tizimi qoidalari va nizomini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan ekspertiza Tizimini yaratish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

Ekspertiza tashkiloti (ET) faoliyatining vazifalari sanoat xavfsizligini loyihalash bosqichlarida yordam ko‘rsatilishini taʼminlash, ekspluatatsiya qilish, qayta jihozlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlarini konservatsiyalash va tugatish hisoblanadi.

ET o‘z faoliyati davomida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasining qarorlariga, sanoat xavfsizligi sohasidagi meʼyoriy texnik hujjatlarga, muvofiqlikni baholash bilan bog‘liq hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

  • «Xavfli ishlab chiqarish obʼektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida» 2006 yil 28 sentyabrdagi O‘RQ-57-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.
  • Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10-dekabrdagi 271-sonli «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi qarori.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Маҳкамасининг 02.10.2018 yildagi 784-sonli «Sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish va ekspert xulosalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida» gi qarori.

Ekspert tashkilotining (ET) vazifalari:

  • ET faoliyatini amalga oshirish (keyingi o‘rinlarda «ekspertiza bo‘yicha ishlar» deb yuritiladi), o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
    • xavfli ishlab chiqarish obyektlarida (XICHO) qo‘llaniladigan loyihalash hujjatlari, texnik qurilmalar, bino va inshootlarning sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi (SX) deklaratsiyasini ekspertiza qilish;
    • SX deklaratsiyasini ishlab chiqish;
    • XICHO identifikatsiyasini o‘tkazish;
  • Ekspertiza o‘tkazishda asoslanadigan meʼyoriy-texnik hujjatlar, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va meʼyoriy hujjatlar fondini tanlash va yuritish;
  • Ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirish va berish;
  • berilgan ekspert xulosalarining restrlarini yuritish;
  • Ekspertiza bo‘yicha ishlarning murakkabligi va narxini hisoblash meʼyorlarini aniqlash;
  • Ekspertiza bo‘yicha ishlarni o‘tkazish davomida sinovlarni tashkil qilish (zarurat tug‘ilganda).