Korrupsiyaga qarshi kurashish

O‘zbekiston Respublikasi “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasi raxbari

Ibragimov Yaxyobek Maxmudovichning

davlat muassasi jamoasiga

M U R O J A A T I

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri ekanligi, ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib kelayotganligini yaxshi bilasiz. Shu bois, unga qarshi kurash xalqaro hamjamiyat doirasida ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgani bejiz emas.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z maʼruzalarida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda taʼminlash bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rishimiz zarur”ligini, qayta-qayta tilga oladilar.

Korrupsiya va poraxo‘rlik jamiyat barqarorligining muhim asosi bo‘lgan ijtimoiy va huquqiy adolatning yo‘qolishiga olib keladi. Mamlakatimiz mustaqiligi, xalqimiz farovonligi, yurtmiz rivoji va gullab yashnashi va obod bo‘lishi har bir fuqarolarda milliy g‘ururning qay darajada shakllanganligiga bog‘lik. Bu qabi shahslar eng avvalo pora olish va berish illatidan xalos bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda “halollik vaksinasi” bilan emlanishi zarur. 

Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyiliga amal qilgan holda davlat muassasining barcha xodimlariga bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki vositachilar orqali har qanday korrupsiyaviy harakatlarda ishtirok etish qatʼiyan man etiladi, yaʼni, ular o‘z mansab va xizmat mavqeidan o‘z manfaati yo‘lida noqonuniy foydalanishi, shuningdek xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish qatʼiy tartibda taqiqlanadi va qonuniy javobgarlikka tortiladi.

Davlat muassasi xodimlari odob-axloq qoidalariga ham qatʼiy rioya qilishlari, shuningdek davlat muassasi obro‘siga, qadr-qimmatiga, nufuziga salbiy taʼsir ko‘rsatishi yoki uning qonuniy faoliyatiga, xolisligiga, hisobdorligiga, ochiqligiga va shaffofligiga
shubha tug‘diradigan xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishga majburdirlar.

Shuningdek, xodimlar davlat muassasi manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatlar bilan bog‘lik korrupsiyaviy holatlar yuzasidan Kontexnazorat tizimidagi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limini xabardor qilishlari lozim.

Sodir etilgan har qanday korrupsiyaviy jinoyat sirligicha qolmaydi, albatta oshkor bo‘ladi. Shuning uchun, men sizlarni ogohlantirmoqchiman, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrar, buni har birimiz teran his qilishimiz zarur.

Davlat muassasi xodimlari xushmuomala, iltifotli, odobli, eʼtiborli va qalbi toza, ko‘ngli ochiq, aql-zakovat sohibi bo‘lishi, muhum ahamiyatga ega. Ular fuqarolar va hamkasblari bilan samimiy munosabatda bo‘lishi, bir-birini hurmat qilishi, ish yuzasidan qo‘pollik qilmasligi, o‘z shaʼni va boshqalar qadr-qimmatini qadirlashi lozim.

Sizu biz, xammamiz birgalikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib boraylik!