Moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumot
«SANOAT XAVFSIZLIGI» Davlat Muassasasi o‘z faoliyatini ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiradi. Bu faoliyat «SANOAT XAVFSIZLIGI» Davlat Muassasasi va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida, uning asosiy tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan «SANOAT XAVFSIZLIGI» Davlat Muassasasi mahsulotlarni sertifikatlshtirish organi tomonidan olib boriladi. Shuningdek, «SANOAT XAVFSIZLIGI» Davlat Muassasasi tarkibida «Sanoat xavfsizligi» ekspertiza bo‘limi, sinov laboratoriyasi bo‘limi va Kadastr bo‘limi mavjud bo‘lib, ular tashkilotning qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
«SANOAT XAVFSIZLIGI» Davlat Muassasasi murojaatchilarga bo‘lgan majburiyatlarini bajarish uchun zarur mexanizmlarga ega.
Korxonaning daromad manbalari quyidagi xizmatlardan iborat:
- MSO akkreditatsiya doirasiga kiruvchi mahsulotlarni sertifikatlashtirish;
- ASL akkreditatsiya doirasiga kiruvchi mahsulotlarning sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish;
- Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va ekspertizasi;
- Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik vositalarni ekspertizasi;
- Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash;
- TXYZ kadastr pasportlarini ishlab chiqish;
- TXYZ ning miqdoriy va sifat jihatdan holatidagi o‘zgarishlar, iqtisodiy baholash, ularning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha kadastr ma’lumotlarini yig‘ish va tizimlashtirish.
«SANOAT XAVFSIZLIGI» Davlat Muassasasi to‘liq xo‘jalik hisob-kitoblari tamoyillari asosida faoliyat yuritadi, o‘z xo‘jalik faoliyati natijalari uchun javobgar bo‘ladi hamda tuzilgan shartnomalar asosida hamkorlar, O‘zbekiston Texnik tartibga solish agentligi va banklar oldidagi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq mehnat jamoasi oldidagi majburiyatlarini bajaradi.